Uchta modeldagi Xiaomi smartfonlariga zo‘r funksiya qo‘shilyapti!

  •   DiMaX
  •  2471
  •  19.07.2019 16:31

Uchta modeldagi Xiaomi smartfonlariga zo‘r funksiya qo‘shilyapti!

«Xitoycha Apple» o‘z smartfonlarida ovoz orqali qulfdan chiqarish funksiyasini joriy etayotganligi haqida bahordayoq mish-mishlar tarqalgandi. Manbalarga ko‘ra, allaqachon uchta modeldagi qurilmada ushbu opsiya ishga tushirilmoqda.

O‘QING: Ommalashgan Xiaomi haqida ommalashmagan ma’lumotlar

Bular – Xiaomi Mi Mix 2, Redmi K20 hamda Redmi 7A (sotib olish) smartfonlari bo‘lib, ularning original proshivkali xitoycha versiyalaridagina ishlaydi:

Shunisi ham borki, smartfonni ovoz yordamida qulfdan chiqarish – ularning xitoycha proshivkasiga qo‘shilgan ovozli yordamchining funksional imkoniyatlaridan biri hisoblanadi. Ovozli yordamchi esa faqat Xitoydagina amal qiladi, ya’ni, yuqoridagi imkoniyat global versiyadagi smartfonlarga qo‘shilishi hali so‘roq ostidadir.

Ovoz bilan blokdan chiqarish funksiyasi bo‘lmasa-da, global va xitoycha proshivkali turli Xiaomi telefonlarini esa 590 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarga Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish mumkin.

O‘QING: RASMIY VIDEO: Mi A3 namoyish etildi – Xiaomi CC9e’ning global talqini, ammo farqlari bor (ayniqsa narxi!)