Uchta platforma bo‘yicha TOP-10: Geymerlar qaysi o‘yinlarga eng ko‘p pul sarflashyapti?

  •   DiMaX
  •  1620
  •  24.06.2019 18:07

Uchta platforma bo‘yicha TOP-10: Geymerlar qaysi o‘yinlarga eng ko‘p pul sarflashyapti?

SuperData tahlil kompaniyasi raqamli o‘yinlar bozorining 2019 yil may oyi yakunlarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, geymerlar konsollardagi, kompyuterlardagi va mobil o‘yinlarga jami 8,7 milliard dollar sarflashgan!

O‘QING: E3 2019’dagi eng ommabop o‘yinlar o‘ntaligi (GameStop versiyasi)

Aytish kerakki, bu – o‘tgan yilning may oyidagiga qaraganda 4 foizga kam ko‘rsatkichdir. Xususan, mobil o‘yinlardan tushayotgan daromad 6 foizga kamaygan; holbuki, bu yo‘nalishning o‘zi konsol va kompyuter o‘yinlarini birga qo‘shgandagidan ham serdaromadroq hisoblanadi.

Mana, may oyida har bir platforma bo‘yicha eng ko‘p daromad keltirgan o‘yinlar o‘ntaligi quyidagicha:

Kuzatuvlarga ko‘ra, Fortnite o‘yinining kompyuter va pristavka versiyalarida pasayish davom etayotir. Umuman uchta platformada mazkur o‘yin may oyida jami 203 million dollari miqdorida daromad keltirgan. Bu – apreldagi natijadan yuqoriroq, ammo 2018 yilning may oyidan naq 38 foizga kam.

FIFA Ultimate Team o‘yini pristavka va kompyuterlarda 93 million dollar ishlagan, ammo uning daromadi ham o‘tgan yilgisidan past. Sega Total War: Three Kingdoms strategik o‘yiniga esa geymerlar 62 million dollar sarflashgan.

O‘QING: Ommabop bepul o‘yin endi iPhone va Android-smartfonlarga ham chiqadi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.