Uchta sarguzasht o‘yinni olib qo‘yishga ulguring va bir umr bepul o‘ynang! (+videolar)

  •   DiMaX
  •  804
  •  16.04.2021 12:04

Uchta sarguzasht o‘yinni olib qo‘yishga ulguring va bir umr bepul o‘ynang! (+videolar)

Hafta yakuni yaqinlashib, Epic Games raqamli do‘koni yana uchta o‘yinni bepul taqdim etyapti. Ularni 22 aprelgacha olib qo‘yib, keyin bir umr butukul bepul o‘ynash mumkin.

O‘QING: Boylar ham o‘ynaydi: Ilon Maskning sevimli videoo‘yinlari qaysilar?

Ulardan birinchisi Deponia: The Complete Journey nomli trilogiya bo‘lib, Rufus ismli yigitning sarguzashtlariga bag‘ishlangan. Bosh qahramon chiqindilarga to‘la Deponiya nomli sayyoradan qochib ketmoqchi bo‘ladi, ammo tasodifan boshqa bir planetadan kelib qolgan go‘zal qizni sevib qoladi va uni o‘z vataniga qaytarishga harakat qiladi.

Yoshi o‘n sakkizdan oshgan geymerlarga tavsiya etiluvchi Deponia: The Complete Journey o‘yinini ushbu havola orqali yuklab olish mumkin.

O‘QING: Keleslik bolaning kompyuter o‘ynashi uning ota-onasiga o‘ta qimmatga tushdi!

Bepul berilayotgan yana bir o‘yin esa Ken Follett's The Pillars of the Earth deb nomlangan bo‘lib, Ken Follett ismli yozuvchining «Zamin ustunlari» romani asosida yaratilgan. O‘yinda romandagi voqealar rivojini o‘zgartirish va uning personajlari taqdiriga ta’sir o‘tkazish imkoni bor.

Ken Follett's The Pillars of the Earth o‘yinini butunlay bepul olib qo‘yish uchun ushbu havola yordamida Epic Games Store saytiga o‘tasiz.

O‘QING: Eng, eng, eng... mobil o‘yinlar uchta reytingda (App Annie, 2020 yil)

Tekin tarqatilayotgan uchinchi o‘yin bo‘lsa The First Tree deb atalgan va tulkining sayohati haqida hikoya qiladi. Bosh qahramon hayot bulog‘i sari yo‘lni bosib o‘tadi va o‘limning mohiyatini anglab yetadi.

Falsafiy mazmunli The First Tree o‘yinini mana bu havola orqali o‘z kutubxonangizga qo‘shib qo‘ya olasiz.

Bu uchala o‘yinning ham bepullik vaqti 22 aprelgacha davom etadi; shunday ekan, ular bilan tanishib, saqlab olishga ulguring va geymer do‘stlaringizga ham bu xabarni yetkazing.

O‘QING: Ilon Mask kiborgga aylantirgan maymun FIKR KUChI BILAN kompyuterda o‘yin o‘ynamoqda! (+«jonli» video)