Uchta tarif rejasi uchun «Kuzgi syurpriz!» aksiyasi

  •   DiMaX
  •  3046
  •  06.11.2020 16:42

Uchta tarif rejasi uchun «Kuzgi syurpriz!» aksiyasi

Avvalroq Ucell uyali aloqa operatori Tas-IX hududi uchun taqdim etayotgan internet-to‘plamlarning narxini o‘zgartirmasdan, megabaytlari hajmini oshirib bergan edi. Shuningdek, u «Cosmo», «Active» va «Special» tariflar tizimlari uchun yangi internet-to‘plamlar joriy etyapti. Bulardan tashqari...

O‘QING: Mobil operator uchta tarif rejasida limitlar hajmini ikki karra oshirdi

Kompaniya o‘z rasmiy sayti orqali yana bir xushxabar – «Kuzgi syurpriz!» aksiyasini e’lon qildi. Mazkur aksiya «Cosmo 16», «Cosmo 23» va «Cosmo 28» tarif rejalarining yangi abonentlari uchun joriy etilmoqda.

Ushbu tarif rejalaridan biriga ulanib, biryo‘la ikki oy uchun abonent to‘lovini to‘lagan abonentlarga keyingi 3 oy davomida har oy tarif rejasi doirasidagi limitlar taqdim etiladi.

«Kuzgi syurpriz!» aksiyasi 2020 yil 5 noyabrdan 2021 yilning 2 fevraliga qadar amal qiladi. Aksiya haqida batafsil ma’lumotni mana bu havola orqali Ucell saytidan olishingiz mumkin.

O‘QING: Operatorlarimiz reytingida jiddiy o‘zgarish: endi kimda qancha abonent bor? (+infografik video)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!