Uchta tarif rejasida daqiqa va MBlar limiti ko‘payib, SMS limiti ham qo‘shilyapti!
Ucell uyali aloqa operatori avvalroq Tas-IX hududi uchun taqdim etayotgan internet-to‘plamlarning narxini o‘zgartirmasdan, megabaytlari hajmini oshirib bergan edi. Shuningdek, u «COSMO», «Active» va «Special» tariflar tizimlari uchun yangi internet-to‘plamlar joriy etyapti.
O‘QING: Endi boshqa tarif rejasiga o‘tganda daqiqa, SMS va megabaytlaringiz kuymaydi!
Mazkur operator «COSMO» tarif rejalari tizimini yangilayotganini e’lon qildi. Unga ko‘ra, 2020 yil 4 noyabrdan «COSMO» tizimiga kiruvchi uchta tarif rejasida daqiqalar va MBlar limitlari ko‘payadi, shuningdek, O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi SMS-xabarlar limiti qo‘shiladi:
Shuni ham e’tiborga olishingizni so‘raymizki, 04.11.2020 sanasidan «COSMO» tarif rejalarida «Sizga qo‘ng‘iroq qilishdi» va «Raqamni yashirish» xizmatlarining yangi ulanishlar uchun bepul taqdim etilishi, shuningdek YouTube uchun alohida internet-trafik limitlari taqdim etilishi to‘xtatiladi.
2020 yil 4 noyabrgacha oylik abonent to‘lovini to‘lab, tarif bo‘yicha oylik limitlar olgan abonentlar uchun ushbu o‘zgarishlar keyingi oylik davrdan boshlab kuchga kiradi.
Tarif rejalari doirasidagi o‘zgarishlar 04.11.2020 kuni, soat 18:00 dan keyin kuchga kiradi. «COSMO» tarif rejalari haqida batafsil ma’lumot olish uchun mana bu havola orqali Ucell saytiga o‘tishingiz mumkin.
O‘QING: Uyali aloqa kompaniyalari 1 noyabrdan yangicha yashay boshlaydilar