Uchta tarifda internet-trafik hajmi 50 foizga ko‘paydi, yana beshtasi yangilandi!

  •   DiMaX
  •  1682
  •  11.08.2021 16:30

Uchta tarifda internet-trafik hajmi 50 foizga ko‘paydi, yana beshtasi yangilandi!

Beeline mobil aloqa operatori avvalroq ommabop xizmatining narxini oshirgan edi. Endi esa u yangilangan «Status» tariflarida internet-trafik hajmi oshirilganini o‘z rasmiy sayti orqali e’lon qildi.

O‘QING: Mobil operatorning to‘lov xizmati O‘zbekistonda birinchi uchlikka kirdi!

Xabarga ko‘ra, kompaniya bugundan – 2021 yil 11 avgustidan boshlab yangi «Status» tariflar turkumini taqdim etmoqda.

E’tibor bering, avvalgi «Status New» tariflar turkumiga ulanish shu kundan boshlab to‘xtatiladi. Ushbu tariflarda bo‘lgan mijozlar uchun «Status New» tariflari amal qilishda davom etadi.

Mazkur yangi tariflarga boshqa tarif rejalaridan o‘tish amaldagi narxnomaga amalga oshiriladi. Yangi «Status» tariflariga ulaning va internetdan gigabaytlab foydalaning, deyiladi xabarda.

Yangi «Status» tariflarining taqdim etilish shartlari bilan batafsil tanishish uchun mana bu havola orqali operator saytiga o‘tishingiz mumkin.

Bundan tashqari, Beeline yana «ZO‘R» turkumidagi beshta tarif rejasini ham yangilagan, ular bilan mazkur havola orqali tanishib chiqsangiz bo‘ladi.

O‘QING: Beeline va Ucell'ning 20 mingdan 70 minggacha bo‘lgan tariflarini bitta joyda taqqoslaymiz!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!