Uchtalik kamerali Samsung Galaxy S10 ikkita «jonli» suratda!

  •   DiMaX
  •  1668
  •  07.12.2018 14:40

Uchtalik kamerali Samsung Galaxy S10 ikkita «jonli» suratda!

Samsung kompaniyasining o‘ninchi avlod flagman smartfonlarining kameralari borasida turli manbalar har xil ma’lumot berishmoqda. Ayrimlar «eng flagman» Galaxy S10+ asosiy kamerasi to‘rt modulli, qolgan modellari uch ob’yektivli bo‘ladi, deyishsa, boshqa insayderlar fikricha Galaxy S10 Lite bitta, standart S10 ikkita, S10+ esa uchta sensorli bosh kameraga ega bo‘lishini aytishayotir.

O‘QING: Galaxy S10+ naq oltita kamerali ekan! («Jonli» surat va video)

Nima bo‘lganda ham, manbalar Galaxy S10 turkumidagi smartfonlardan qaysidir birining ikkita «jonli» suratini e’lon qilishdi.

Qizig‘i shundaki, bu ikkita rasmda qurilmalar aynan bir xil emas, masalan, ularning ob’yektivlari o‘lchamida yaqqol farq seziladi. Bundan tashqari, kamera blogini o‘rab turgan hoshiyaning rangi ham sal farqlanadi.

Shunga qaraganda, yo ushbu suratlardan bittasigina haqiqiy, yo har ikkalasi ham kompyuterda sifatli ishlangan CAD-renderlar bo‘lsa kerak. Yana kim biladi, balki bittasi Galaxy S10, ikkinchisi esa S10+ modelidir...

Janubiy koreyalik texnogigant Galaxy S10 turkumi smartfonlarini 2019 yilning 24 fevralida taqdim etilishi kutilmoqda. Hozirgacha bozorga chiqqan Samsung smartfonlarini smartfonlarini esa Terashop.uz internet-do‘konimizdan 899 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda onlayn usulda sotib olish mumkin.

O‘QING: Chegirmali Samsung smartfonlarining Terashop.uz’dagi narxlari (2018 yil 21 noyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!