Uchuvchi elektromobillarning ilk poygasi shu yildayoq o‘tkaziladi! (+video)

  •   DiMaX
  •  608
  •  11.05.2020 10:14

Uchuvchi elektromobillarning ilk poygasi shu yildayoq o‘tkaziladi! (+video)

Yaqin yillar ichida AQSh, Yevropa va boshqa ayrim mamlakatlarda bir nechta startaplar aerotaksi xizmatini yo‘lga qo‘yishi rejalashtirilgan. Alauda kompaniyasi esa uchar elektromobillarning dunyodagi birinchi poygasini mana shu yilning o‘zidayoq o‘tkazmoqchi.

O‘QING: «Yandeks.Taksi» orqali vertolyot buyurtma qilish mumkin bo‘ladi

Mazkur kompaniya Airspeeder nomli uchuvchi elektrokarining ilk prototipini 2019 yili namoyish etgan edi. shundan buyon AQSh Harbiy havo kuchlarining professional pilotlari uning birinchi versiyalarini sinab ko‘rishmoqda.

Alauda yaqinda uning yangi – MK4 modelini yaratgnini e’lon qildi, hozirda u yakuniy sinovlardan o‘tkazilmoqda. Kompaniya vakillarining ta’kidlashlaricha, ular yangi turdagi sport musobaqasi – uchadigan elektrik avtomobillarda poyga tashkil etishmoqchi!

Uchar elektrokarlar poygasi Avstraliyaning Adelaida cho‘lida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda. Bunda qurilmalar to‘ldirilgan borliq texnologiyasi orqali boshqariladi. Mazkur noodatiy poygani VIP-personalar «jonli» tarzda, qolganlar esa internet orqali kuzatishlari mumkin bo‘ladi.

Ayni damda koronavirus pandemiyasi tufayli sinovlar to‘xtatib qo‘yilgan. Lekin Alauda poygani shu yilning oxirida o‘tkazishdan umidvor.

O‘QING: AQSh armiyasida ishlagan muhandis «mashinalar qo‘zg‘oloni»dan xavotirda

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.