Ufalik ixtirochi telefonni gulxandan quvvatlovchi uskuna yaratdi

  •   DiMaX
  •  1529
  •  04.05.2017 18:17

Ufalik ixtirochi telefonni gulxandan quvvatlovchi uskuna yaratdi

Ufada yashovchi Aydar Xayrullin telefon batareyasini quvvatlash uchun elektr energiyasi talab qilmaydigan pech-zaryadka yasadi, deya xabar beradi Futurist nashri.

Qurilma kichkina mangalga o‘xshab ketadi, uni yasash uncha qiyin ham emas. Uskunaning asosiy detali – pechning issiqligini elektr energiyasiga aylantirib beruvchi generatordir. Generatorni shu pechning devoriga ilib qo‘yilsa va unga telefon ulansa bas.

Mana, quyidagi videolavhada bunga o‘zingiz guvoh bo‘ling:

Darvoqe, telefonni pechdan quvvatlab to‘ldirish ham xuddi elektr manbaidan to‘ldirganchalik vaqt oladi.

Aydar Xayrullin bu ixtirosi uchun ikkita grant olgan. Hozirda u o‘z quvvatlash qurilmasini ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan. O‘zining aytishicha, buyurtmachilar orasida Buyuk Britaniya va AQShlik sayyohlar ham bor ekan. Dastlabki yuz nafar buyurtmachi allaqachon antiqa quvvatlagichni olgan, deyiladi xabarda.