Sobiq UFC jangchisi metaolamda jang qilmoqchi

Sobiq UFC jangchisi metaolamda jang qilmoqchi

Xabib Nurmagomedov o‘zining rasmiy Twitter sahifasida metaolamda Maks Xollouyey bilan jang qilishi haqida xabar berdi.

Jang Legiofarm tomonidan tashkillanmoqda va ularning NFT'larini sotib olganlar metaolamda Xabib va Maks janggini VR qurilmalari yordamida ko‘rishlari, shuningdek, boshqa mashhur mehmonlar bilan suhbatlashishlari, hatto jang qilishlari mumkin bo‘ladi, albatta, metaolam ichida.

Xabib va Maks janggi tarixdagi ilk virtual olam janggi bo‘lib, u Toshkent vaqti bilan 13-fevral kuni tungi 1:00 da bo‘lib o‘tadi. 

Bir necha kun oldin esa Xabib o‘zining Twitter'ida metaolamda muxlislari bilan muntazam ko‘rishib turishi va u bilan tadbirlarda qatnashmoqchi bo‘lganlar LF NFT'larini sotib olishlari kerakligi haqida aytgan edi. 

O‘QING: YouTube NFT orqali monetizatsiya qilish va metaolamga kirishni rejalashtirmoqda 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!