Ukrainalik yigit Twitter aybini topib, undan 3,5 ming dollar mukofot oldi

  •   DiMaX
  •  443
  •  16.08.2021 16:56

Ukrainalik yigit Twitter aybini topib, undan 3,5 ming dollar mukofot oldi

Bogdan Kulinich ismli ukrainalik yigit Twitter ijtimoiy tarmog‘i algoritmlari suratlardagi qora tanli insonlarga nisbatan noxolis ekanligini isbotlab berdi. Buning evaziga kompaniya unga 3,5 ming dollar to‘ladi, deb xabar beradi Daryo.

O‘QING: Eng ommabop ijtimoiy tarmoqlar: Facebook’ni taxtdan ag‘darishdi!

Kulinich o‘zi dasturchi bo‘lib, Shveysariyaning EPFL universitetida aspiranturada o‘qiydi. Sun’iy intellekt yordamida u yuz tuzilishi deyarli bir xil, faqat terisining rangi, jinsi va yoshi bilan farqlanadigan suratlarni generatsiya qilgan.

Kulinich Twitter algoritmlari nafaqat suratlardagi qora tanli insonlarni qirqib tashlayotganini isbotlab bergan, balki ular ancha yosh, kelishgan va yorqin yuzlarga ko‘proq fokuslanishini aniqlagan. Kompaniya hozirda ushbu xatolikni to‘g‘rilashga va’da bergan.

Twitter foydalanuvchilari ijtimoiy tarmoq algoritmlari suratlardan qora tanli insonlar va hatto qora rangli itlar qirqib tashlanayotganini 2020 yilda payqab qolgan edi. O‘shanda kompaniya kechirim so‘ragan va iyul oyida algoritmlar nuqsonini isbotlab bergan insonga 3,5 ming dollar mukofot va’da qilgandi. Kulinich aynan ushbu mukofotni yutib olgan.

BBC’ning yozishicha, ikkinchi mukofot suratlarda keksa va nogironligi bo‘lgan insonlarni chetga surib qo‘yayotganini isbotlagan Toronta universiteti xodimiga nasib etgan. Uchinchi o‘rin esa Twitter memlardan ingliz tilidan ko‘ra, arabcha matnlarni katta ehtimollik bilan qirqib tashlayotganini isbotlagan loyihaga berilgan.

O‘QING: TikTok va Twitter cheklangani haqida Kusherbayev: «Men qarshi bo‘lgan foydasiz qonun»

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!