Ukrainaliklar sun’iy salo yaratishdi

  •   Saroy
  •  447
  •  20.09.2018 12:18

Ukrainaliklar sun’iy salo yaratishdi

Ukrainlar va ruslar uchun sevimli bo‘lgan salo  endi laboratoriyalarda tayyorlanadi. Sum Agrar universiteti olimlari oddiy cho‘chqa salosining muqobilini yaratishdi

O‘simlik yog‘i va jelatin — sun’iy saloning oddiy retsepti shu. Ushbu salo muqobilini yaratgan Sum Agrar universiteti oziq-ovqat kafedrasi dekani Dmitriy Bidyuk rahbarligidagi bir guruh talabalar o‘zlarining ixtirosini “sog‘lom muqobil” deb atashmoqda. Chunki u tarkibida hayvonlarning zararli unsurlarini saqlamaydi.

O‘QING:Sony PlayStation VR – 2016 yilning eng yaxshi ixtirolaridan biri

Ta’mida ham muammo yo‘q. Ixtirochilarning ta’kidlashicha, ular saloning turlicha yog‘liligini immitatsiya qilishga hamda zirovorlarni ham turlicha miqdorda ishlata olish imkonini topishgan. Shu bilan birga, ta’mi oddiy salo ta’midan umuman farq qilmaydi. Hatto eng injiq ta’msevarlar hamda xalq milliy oshxonasi ishqibozlari ham talabalarning ixtirosidan ko‘ngli to‘ladi.  Laboratoriyada tayyorlangan salo  Bidyuk jamoasining yagona ishlanmasi emas. Olimlar bioeruvchan idishlar, oziq-ovqatda ishlatiladigan sellofan qadoqlar o‘rnini bosadigan bioplyonkalar va organik chipslar ustida ham izlanishlar olib borishmoqda. Faqat, bu ixtirolarga Ukraina  bozorida talab bo‘larmikan, shunisi noma’lum. Ammo Yevropa va AQSh bozorida muvaffaqiyatga erishishi mumkin, deyiladi mazkur xabarda.

O‘QING:Las-Vegasda eng so‘nggi innovatsion g‘oyalar namoyish qilinmoqda