Ular Apple qilolmagan ishni qilishdi

Ular Apple qilolmagan ishni qilishdi

Apple o‘z smartfonlariga USB-C portini o‘rnatishga hali qaror qilmagan, garchi iPad Pro va MacBook shunday portga ega bo‘lsa ham. Lekin Slovakiyaning tinib-tinchimagan Deep kompaniyasi injinerlari Apple'ning iPhone 12 Pro Max smartfoni Lightning portini USB-C portiga muvaffaqiyatli o‘zgartirishdi va uni eBAY onlayn bozorida auksionga qo‘yishdi. 

Albatta birinchi bo‘lib smartfonni ochilgan, Lightning porti olib tashlangan va undan USB-C portini yasash uchun kerakli o‘lchamlar olingan. Original port qistirmasi olib tashlanilgandan keyin esa qolgan joy USB-C porti uchun roppa-rosa mos ekanligi ma’lum bo‘lgan. Maxsus USB-C port yasalganidan keyin uni iPhone'ga o‘rnatilgan va uning ishlash xususiyatlari sinab ko‘rilgan.

Yangi port bilan iPhone 12 Pro Max Windows'da iTunes'ga va Mac kompyuterlariga hech qanday muammosi ulangan. Mac kompyuterlarida rasm videolarni import yoki eksport qilish ham sinab ko‘rilgan va natija yomon bo‘lmagan. Shuningdek, Apple'ning original quvvatlovchi adapteri va ikkala tomoni ham USB-C bo‘lgan ulagich bilan smartfon quvvatlanishi tekshirilganda ham hech qanday muammo yuzaga kelmagan. 

O‘tgan yili shveytsariyalik robotexnika talabasi Ken Pillonel dunyodagi birinchi USB Type-C portiga ega iPhone X smartfonini yaratganligini ma’lum qilgan edi va u ham smartfonni eBAY onlayn bozoriga auksionga qo‘yib, smartfonni naqd 86 ming dollarga sotgan edi. 

3 oy ishlatilganligi, hech qanday qirilgan joylari yo‘qligi, batareyasi 99%, holati ajoyib ekanligi aytilayotgan USB-C portli iPhone 12 Pro Max auksioni keyingi hafta oxirida yakunigacha davom etadi va shunisi aniqki, yakuniy narx past bo‘lmaydi. 

O‘QING: App Store Rossiyada bloklanishi mumkin

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!