«O‘ldirib bo‘lmas» smartfonni yarim narxiga olasizmi? (+video)

  •   DiMaX
  •  3107
  •  19.07.2017 10:51

«O‘ldirib bo‘lmas» smartfonni yarim narxiga olasizmi? (+video)

OUKITEL kompaniyasi K10000 Max modelini savdoga chiqarishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu – na suvdan, na loydan, na zarbadan qo‘rqmaydigan smartfondir, deb yozadi Hi-News.ru.

Mazkur kompaniya smartfon foydalanuvchilarini lol qoldirishdan to‘xtamayapti. U ishlab chiqargan mahsulotlar nafaqat sig‘imdor akkumulyatorlari, balki yuksak samaradorlikka va mustahkam himoyaga ham egaligi bilan ajralib turadi. Masalan, Oukitel K10000 modeli batareyasi baquvvat smartfonlar ro‘yxatida yetakchilik qiladi, uning K10000 Pro talqini esa, akkumulyatorining quvvati bir haftaga yetishi bilan bu borada borasida «qirol» smartfon nomiga da’vogardir.

OUKITEL’ning navbatdagi mo‘’jizasi – K10000 Max smartfoni esa betakror korpusga ham ega – u zarbaga chidamliligi, suv o‘tkazmasligi hamda changdan himoyalanganligi bilan ajralib turadi. Lekin bu hali hammasi emas – xuddi K10000 hamda K10000 Pro modellaridagi kabi, u ham 10000 mA/soat sig‘imli akkumulyator bilan ta’minlangan.

Kompaniya vakillari ushbu smartfonning himoya xususiyatlari tasvirlangan videorolik tayyorlashdi. Unda K10000 Max smartfonini har ko‘yga solib sinab ko‘rishgan: akvariumda cho‘ktirishgan va loyga botirishgan. Shunga qaramasdan, telefon o‘z faoliyatini to‘xtatmagan.


Shu tariqa, yaqin oylarda bozorga chiqariladigan OUKITEL K10000 Max modeli sensatsion smartfon bo‘lishi kutilmoqda. U nafaqat batareyasini bitta quvvatlashda bir necha kungacha ishlab bera oladi, balki tashqi muhitning turli ta’sirlariga ham bardosh beradi.

 Ayni damda esa K10000 Max smartfonini chegirma bilan sotib olish uchun maxsus aksiya yo‘lga qo‘yilgan. Unda ishtirok etish uchun mana bu sahifaga kirib, ro‘yxatdan o‘tsangiz, u holda smartfonni 50 AQSh dollari miqdoridagi chegirma bilan xarid qilish imkonini beruvchi kuponga ega bo‘lasiz (uning asl narxi – 249,99 dollar). Agarda omadingiz kelib qolsa-ku, bu mo‘’jizakor qurilmani yarim narxiga olish imkonini ham  qo‘lga kiritasiz.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!