Ulefone Power Armor 13 – rekord akkumulyatorli «o‘ldirib bo‘lmas» smartfon! (+video)

  •   DiMaX
  •  1060
  •  08.07.2021 13:55

Ulefone Power Armor 13 – rekord akkumulyatorli «o‘ldirib bo‘lmas» smartfon! (+video)

Korpusi mustahkam himoyalangan smartfonlari bilan tanilgan Ulefone kompaniyasi yaqinda harbiy himoya va NFC modulli «o‘lmas» Armor 8 Pro smartfonini (videosi) atigi 170 dollardan sotuvga chiqargan edi. Uning Armor 11 5G rusumli telefoni esa – pentakamera va «tungi nigoh»li, «o‘ldirib bo‘lmas» ilk 5G-smartfon bo‘lib, biz uning ham videosini chiqarganmiz. Shuningdek...

O‘QING: Xitoyning bu «o‘lmas» smartfoni iPhone 12 va Xiaomi Mi 10 Ultra’ni mag‘lub etdi! («jonli» video)

 Kompaniya bulardan tashqari Ulefone Power Armor 13 modelini ham taqdim etgan; uning asosiy o‘ziga xosligi – dunyodagi eng sig‘imdor, ya’ni naq 13 200 mA/soatlik akkumulyatorga ega ekanligidir. Uni 33 vattlik texnologiya asosida tezkor quvvatlash mumkin, simsiz usulda esa 15 vattlik zaryad olishga qodir. Bulardan tashqari, mazkur «o‘lmas» smartfon boshqa gadjetlarni 5 vattlik quvvat bilan simsiz usulda zaryadlay oladi.

Ulefone Power Armor 13 smartfonining «elektron yuragi» sifatida MediaTek Helio G95 protsessori tanlangan. Ishlab chiqaruvchi uni tegishlicha 8/256 gigabaytlik tezkor/doimiy xotira bilan ta’minlagan. Qurilma ekranining o‘lchami diagonaliga 6,81 dyuymni tashkil etadi, tasvir uzatish aniqligi esa FullHD+ formatida. Android 11 operatsion tizimi boshqaruvi ostida ishlovchi bu smartfonning bosh kamerasida asosiy sensor 48 megapiksellik aniqlikka ega.

O‘QING: Quvvati 32 kunga yetuvchi, kvadrokamerali va «o‘ldirib bo‘lmas» bu smartfonni tekinga ham olish mumkin!

Batareyasidan tashqari, Power Armor 13 modelining korpusi ham baquvvat: IP69K sertifikatidan tashqari, uni AQShning MIL-STD-810G harbiy standartiga ko‘ra ham himoyalashgan. Smartfon suv ostida ham, yuqori bosim ostida qaynoq suv bilan yuvganda ham «jon saqlay» oladi. Korpusi tirnashlar va zarbalarga chidamli bo‘lgani bois, 1,5 metrgacha balandlikdan qattiq yuzaga tushib ketsa ham hech narsa qilmaydi, demoqda Ulefone.

Ulefone Power Armor 13 smartfoni bozorga iyulning oxirlarida chiqariladi, narxi ham o‘shanda aniq bo‘ladi.

O‘QING: Egasiga juda uzoq xizmat qilgan 5 ta afsonaviy smartfon. Siz ham ularni ishlatganmisiz?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!