Ulkan akkumulyatorli Galaxy F02s va Galaxy F12s chiqdi – 122 dollardan boshlanuvchi smartfonlar!

  •   DiMaX
  •  1143
  •  05.04.2021 15:47

Ulkan akkumulyatorli Galaxy F02s va Galaxy F12s chiqdi – 122 dollardan boshlanuvchi smartfonlar!

Samsung kompaniyasi Hindistonda o‘zining Galaxy F02s hamda Galaxy F12s rusumli smartfonlarini namoyish qildi. Aslida bular tegishlicha Galaxy A02s (Galaxy M02s) va Galaxy A12 (Galaxy M12) qurilmalarining qayta nomlangan klonlaridir.

O‘QING: Samsung Galaxy A02s/M02s'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Har ikkala smartfon plastik korpusga hamda 6,5 dyuymlik PLS TFT ekranga ega. Displeylarida old kamera uchun tomchisimon kemtik mavjud, tasvir aniqligi esa 720x1600 piksellik. Galaxy F12s modelining displeyi yuqori – 90 gerslik chastotada kadr yangilanishini qo‘llab-quvvatlaydi.

Galaxy M02s modelini kompaniya o‘zining Exynos 850 protsessori asosida tayyorlagan bo‘lsa, Galaxy F02s smartfonida Qualcomm Snapdragon 450 platformasini qo‘llagan. Ikkala yangi smartfonda ham 1 terabaytgacha hajmli MicroSD xotira kartasi uchun uyacha ko‘zda tutilgan.

Galaxy F02s

Galaxy F02s bosh kamerasida 13 + 2 + 2 megapiksellik, old kamerasida esa 5 megapiksellik datchiklar qo‘llangan. Galaxy F12 esa kvadrokameraga ega: 48 + 5 + 2 + 2 megapiksellek sensorlar, shuningdek selfi uchun 8 megapiksellik modul.

Smartfonlar ikkita SIM-kartani, 4G tarmog‘ini, yakka polosali Wi-Fi, Bluetooth 4.2 (F02s), Bluetooth 5.0 (F12) va GNSS (GPS, GLONASS, BeiDou, GALILEO) tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Ikkalovi ham 3,5 millimetrlik standart quloqchin tirqishi hamda USB-C portiga ega; Galaxy F12 korpusining yon qirrasiga daktiloskop ham o‘rnatilgan.

O‘QING: Samsung Galaxy A12'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Galaxy F02s modeli Android 10 bazasidagi One UI Core 2.x grafik qobig‘iga ega bo‘lsa, Galaxy F12 devaysi Android 11 asosidagi One UI Core 3.x bilan chiqarilgan. Har ikkala smartfon 15 vattlik tezkor quvvatlana oladi, lekin akkumulyator tok sig‘imi turlicha. Galaxy F02s batareyasi 5000 mA/soatlik bo‘lsa, Galaxy F12 qurilmasida bu ko‘rsatkich 6000 mA/soatga teng.

Galaxy F12

Narxlari esa, tezkor/ichki xotira hajmidan kelib chiqqan holda quyidagicha:

  • 3/32 gigabaytlik Galaxy F02s – 122 dollar
  • 4/64 gigabaytlik Galaxy F02s – 122 dollar – 136 dollar
  • 4/64 gigabaytlik Galaxy F12 – 150 dollar
  • 4/128 gigabaytlik Galaxy F12 – 163 dollar

Bu smartfonlardan birinchisi 9 apreldan, ikkinchi modeli esa 12 apreldan sotuvga chiqadi.

O‘QING: 400 dollargacha bo‘lgan smartfonlar: qaysi birini sotib olgan yaxshi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!