UMi Rome –3 Gb xotiraga ega smartfon atigi $89 dollar?!

UMi Rome –3 Gb xotiraga ega smartfon atigi $89 dollar?!

MDH davlatlarida unchalar taniqli bo‘lmagan Xitoyning UMi kompaniyasi smartfonlar bozoridagi eng arzon, xamyonbop qurilmalardan biri—UMi Rome smartfoni haqida ma’lum qildi, deb yozadi www.mobinfo.uz sayti.

Nafaqat narxi, balki smartfonning texnik imkoniyatlari ham yomon emas. 1,3 GGs takt chastotali, sakkiz yadroli MediaTek MT6753 protsessor va 3 GB tezkor xotira ega.

Korpus sifatli plastikdan ishlangan va perimetr bo‘ylab metall ramka tortilgani smartfonga o‘ziga xos chiroy bag‘ishlagan. Apparat vazni 177 gramm. O‘lchami bor yo‘g‘i 7,9 mm. Smartfon dizayni qaysidir jihatlari bilan Samsung Galaxy Note 5 ni yodga soladi.

Bundan tashqari UMi Rome smartfoni ko‘rsatish qobiliyati 1280×720 piksel bo‘lgan, 2.5D texnologiyasi asosida tayyorlangan 5,5-dyuym AMOLED-displey, multimedia ma’lumotlarini saqlash uchun 16 Gb ichki xotira, shuningdek, Sony IMX164 modulli 13-megapiksel asosiy va 2 megapiksel frontal kamera, svetodiodli LED-qo‘sh chaqnoq bilan ta’minlangan. Akkumulyator quvvati 2500 mAs. Apparat Android 5.1 Lollipop tizimi asosida ishlaydi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, smartfon joriy yilning dekab oyi o‘rtalarida sotuvga chiqariladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!