UMS amaldagi abonentlar uchun Fresh-to‘plamlarini joriy qildi

UMS amaldagi abonentlar uchun Fresh-to‘plamlarini joriy qildi

Fresh-to‘plamlar daqiqa, megabayt va SMS-xabarlarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, abonentlar tarif rejalari bo‘yicha taqdim etiladigan to‘plamlar bilan bir xil.

Endi UMS mobil operatori abonentlari o‘z tarif rejalarini yanada qulay qilib olishlari mumkin! Mazkur oyda daqiqa, MB yoki xabarlar yetmay qoldimi? Tarifingizni kuchaytirmoqchimisiz? Bu juda oson, axir qo‘shimcha Fresh-to‘plamlar yordamida abonent tarif rejasi bo‘yicha to‘plamlar hajmiga teng daqiqa, MB va  SMS-xabarlarga ega bo‘lishi mumkin! Eng asosiysi, bunday to‘plamning narxi tarif rejasi abonent to‘lovidan 10%ga arzon!

O‘QING: UMS'ga yer uchastkalari auksionsiz beriladi va bojxona to‘lovlaridan ozod etiladi

Oddiy misol. UMS abonenti “Qulay” tarif rejasidan foydalanadi. 42 000 so‘m evaziga unga har oy 2 000 MB, 1 000 daqiqa va 1 000 SMS taqdim etiladi. Endi abonent xohlagan paytda Fresh-to‘plamni faollashtirib, 37 000 so‘m evaziga huddu shuncha MB, daqiqa va SMSni qo‘lga kiritishi mumkin.

Fresh-to‘plamlar “Yorqin”, “Chilla Lite”, “Asosiy”, “Standart”, “Optimal”, “Optimal+”, “Chilla”, “Qulay”, “Qulay+”, “Premial”, “Ideal”, “VIP” tarif rejalarini uchun taqdim etiladi. To‘plamni faollashtirish kodi – *301#.

To‘plamlarni amal qilish muddati 30 kunni tashkil qiladi. Oy davomida faollashtirish mumkin bo‘lgan to‘plamlar soni cheklanmagan.

Avvalroq UMS kompaniyasi «Welcome» aksiyasi boshlanganligini e’lon qilgandi. Unga ko‘ra, kompaniyaning u yoki bu tarif rejasiga ulangan abonentlar 2 oy davomida har oy 5000 MBgacha bonusga ega bo‘lishadi.

Omadingizni sinab ko‘ring!

Ayni damda 2 iyunga qadar sizda Xiaomi kompaniyasining ajoyib fitnes-brasleti - Mi Band 3 yutib olish imkoniyati mavjud. Buning uchun YouTube-kanalimizga a’zo bo‘lib ushbu video ostiga izoh yozib, yoqdi tugmasiga bossangiz kifoya. G‘olib saytimizning feysbukdagi sahifasi orqali jonli efirda aniqlanadi va ushbu omadli insonga sovg‘a o‘zi yashab turgan viloyat markazigacha bepul yetkazib beriladi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!