UMS “ICTEXPO 2016” ko‘rgazmasiga tashrif buyurgan abonentlarga 500 Mb bonus taqdim qiladi

UMS “ICTEXPO 2016” ko‘rgazmasiga tashrif buyurgan abonentlarga 500 Mb bonus taqdim qiladi

UMS’ning rasmiy saytida e’lon qilingan ma’lumotga ko‘ra, mobil operator UMS “ICTEXPO 2016” ko‘rgazmasiga tashrif buyurgan barcha abonentlarga (yangi yoki amaldagi) 500 Mb miqdorida bonus taqdim etadi.

Bonusni qo‘lga kiritish uchun abonent UMS’ning ko‘rgazma stendi fonida rasmga tushishi, ushbu rasmni Facebook’dagi o‘z sahifasida e’lon qilishi, UMS’ning Facebook’dagi  sahifasiga va mazkur bonus tanloviga bag‘ishlangan “Bonus Like” publikatsiyasiga layk bosishi talab etiladi. Shundan keyin “Bonus Like” publikatsiyasini ulashib, undagi izohda “Vibirayu 4G ot UMS!” sharhini qoldirish kerak. Yuqoridagi shartlarni bajargan abonentlarga maxsus kupon beriladi va ushbu kupon orqali UMS’ning 500 Mb bonusiga ega bo‘lish mumkin bo‘ladi.

Bonus shartlari va boshqa tafsilotlar bilan mobil operatorning saytida tanishib chiqish mumkin.

Aksiya 21-23 sentyabr kunlari “O‘zko‘rgazma Savdo Markazi” va UMS’ning rasmiy ofislarida o‘tkaziladi.