UMS nomi o‘chadi. O‘rniga Mobiuz keladi!

UMS nomi o‘chadi. O‘rniga Mobiuz keladi!

UMS rebrending (savdo belgisini/nomini o‘zgartirish) qiladi va 2019 yilda Mobiuz savdo belgisi ostida faoliyat olib boradi. Rebrending ishlari dekabr oyida, kompaniya nomini tanlash, brend ranglarini va boshqa belgilarni yaratishdan boshlandi. Rebrending bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Bu qadamlar kompaniya brendini «soflashtirish», jamiyatga kompaniyaning yangi qadriyatlarini yetkazishga xizmat qiladi. Yangi obraz kompaniyani yanada tanitish va uning yangi imijini yaratishga ham ko‘mak beradi. Bu haqda kompaniya rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Shuningdek, kompaniya joriy faoliyati bilan bir qatorda davlat xizmatlari operatoriga aylanib, hukumat mobil aloqasi va kriptografik himoyalangan ilk milliy UzChat messenjerini joriy qilmoqda.

O‘QING: UMS’ning barcha USSD-kodlarini bilib oling! (To‘liq ro‘yxat)

Bundan tashqari, UMS platformasida Loyiha boshqaruvi yagona milliy axborot tizimi, davlat sektori uchun blokcheyn yechimlar, aholi uchun raqamlashtirilgan davlat xizmatlari yaratilmoqda. Bu esa elektron hukumat tizimini rivojlantirish, davlat boshqaruviga axborot tizimlarini joriy qilish, bu sohada yagona davlat siyosatini olib borishga xizmat qiladi.

Manbada 2019 yil UMS mobil operatori uchun amaliy o‘zgarishlar davriga aylanishi, bu esa kompaniya abonentlari va mijozlariga faqat ijobiy ta’sir ko‘rsatishi ta’kidlanmoqda. Shuningdek, «UMS» MChJ davlat xizmatlari operatori sifatida aholining raqamli xizmatlar, yuqori tezlikdagi Internet va ommapob servislarga bo‘lgan ehtiyojini maksimal tarzda qondirishga bel bog‘lamoqchi.

O‘QING: Prezident qarori bilan UMS egasi o‘zgardi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!