UMS va Huawei o‘zaro 150 million dollarlik Memorandum imzoladi

  •   DiMaX
  •  626
  •  30.08.2019 12:48

UMS va Huawei o‘zaro 150 million dollarlik Memorandum imzoladi

29 avgust kuni Shenjen shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripovning Huawei kompaniyasi bosh qarorgohiga tashrifi doirasida «UMS» MChJ telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida XXR tomonidan imtiyozli kredit taqdim etish bo‘yicha Memorandum imzolandi. Unga ko‘ra, 150 mln. dollarga teng kredit mablag‘lari 2020-2023 yillarda Huawei kompaniyasining uskunalaridan foydalangan holda UMS investitsion loyihalarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.

O‘QING: O‘zbekistonda global tashabbus: Huawei smartfonlarni bepul ta’mirlab beryapti!

Ushbu mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining uchinchi tashabbusini hayotga tatbiq etish, ya’ni aholi va yoshlarni kompyuter texnologiyalari va Internetdan foydalanishini samarali yo‘lga qo‘yishga yo‘naltiradi. Ushbu maqsadlarda UMS operatorini texnik va texnologik qayta jihozlash, uning 4G/3G tarmoqlarini butun respublika hududiga kirib borishini ta’minlash hamda 5G tarmoqlarini bosqichma-bosqich joriy qilish ishlari amalga oshiriladi.

Bu esa, o‘z o‘rnida, nafaqat aholisi zich hududlarni, balki kam sonli aholi yashaydigan, shu jumladan tog‘li zonalarni aloqa bilan ta’minlashga xizmat qiladi. U yerlarda joylashgan o‘quv dargohlari, tibbiyot muassasalari kabi ijtimoiy ob’yektlar Internet global tarmog‘iga ulanadi. Natijada, o‘quv hamda tibbiy xizmatlarni ko‘rsatish jarayonlariga zamonaviy texnologiyalar joriy qilinishi tezlashadi.

Mazkur yilning boshida UMS mobil operatori tarmoq va uskunalarni modernizatsiya qilish, billing tizimini yangilash, tashqi Internet kanalini bosqichma-bosqich kengaytirish ishlarini boshlab yuborgan. Mazkur ishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlarini ijrosi hamda 2019-2021 yillarda «Universal Mobile Systems» MChJni rivojlantirish Konsepsiyasi doirasida amalga oshirilmoqda. Mazkur hujjat Loyiha boshqaruvi milliy agentligi hamda «Raqamli ishonch» raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.

Yangi investitsion loyihalarni amalga oshirish UMS kompaniyasining strategik rejalarini jadal sur’atlarda va keng miqyosda amalga oshishiga, uning O‘zbekiston raqamli iqtisodiyotini rivojlantirishga ko‘proq hissa qo‘shishiga, ijtimoiy tashabbuslarni hayotga tatbiq etishiga, shuningdek, amaldagi va yangi abonentlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yuksaltirisha turtki bo‘ladi.

O‘QING: Barcha operatorlar internet paketlari narxlarini bitta joyda taqqoslaymiz!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!