UMS axborot-ta’lim resurslaridan imtiyozli foydalanish imkonini yaratdi

UMS axborot-ta’lim resurslaridan imtiyozli foydalanish imkonini yaratdi

Ushbu imkoniyat yaratilishiga kompaniya hamda O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘rtasidagi yaqin hamkorlik asos bo‘ldi. Mamlakatimiz aholisi, shu jumladan xalq ta’limi tizimi ishchilari, o‘quvchilar va ularning ota-onalari axborot-ta’lim resurslaridan yanada kengroq foydalanishi uchun bir qator veb-saytlar hamda veb-servislarga mobil qurilmalardan kirish qulaylashtirildi. 

- UMS mobil operatori o‘sib kelayotgan yosh avlodni samarali rivojlanishi, yangi bilimlarga ega bo‘lishi uchun shart-sharoit yaratishga qo‘mak berishdan manfaatdor. Shu sababli ham XTV Axborot-ta’lim portali (eduportal.uz) va Respublika bolalar kutubxonasi veb-sayti (kitob.uz) foydalanuvchilari u yerda joylashtirilgan adabiyot, videoqo‘llanmalar va turli xil materiallardan mobil Internet megabaytlarini sarflamagan holda foydalanishi mumkin. Shunday ekan, UMS abonenti bo‘lish nafaqat qulay, balki foydali hamdir, - deydi «UMS» MChJ Tijorat direktori Lola Filatova.

UMSning narxlanmaydigan trafigi, shuningdek, XTV rasmiy veb-sayti (uzedu.uz va xtv.uz manzillari orqali kirish mumkin), Maktab ta’lim jarayonini boshqarish tizimi (xt.uzedu.uz), O‘zbekiston maktablarida qurilish va ta’mirlash ishlarini onlayn-monitoring tizimi (stat.uzedu.uz), OpenEMIS Ta’lim muassasini boshqarish axborot tizimiga  (emis.uzedu.uz) ham taqdim etilmoqda.

Bundan tashqari, UMS abonentlari yangi avlod ta’lim muassasalari bo‘lmish Prezident maktablari veb-sayti (pm.xtv.uz) hamda «Kundalik» avtomatlashtirilgan axborot ta’lim tizimi ishlab chiqaruvchisining global tarmoqdagi saytiga (kundalik.com) MB sarflamasdan kirish imkoniga egalar.

- Hamkorlik va xalq ta’limi tizimini rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasi uchun UMS mobil operatoriga tashakkur bildiramiz. Birgalikda amalga oshirilgan yangi tashabbusimiz aholi ta’lim resurslaridan bepul foydalanishiga va bilimini oshirishiga xizmat qiladi. Xalq ta’limi vazirligi respublikada faoliyat olib borayotgan boshqa kompaniyalarni ham ta’limni rivojlantirishda ishtirok etishga chaqiradi, - deya ta’kidladi xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Sarvar Boboxo‘jayev.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq UMS mobil operatori O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tizimida faoliyat olib borayotgan o‘qituvchi-murabbiylar va ishchilar uchun «O‘qituvchi» nomli ikkita imtiyozli tarif rejasini joriy qilgan edi.

O‘QING: IT-Park Unbound bilan hamkorlikda FTAD va TIP uchun saralash bosqichini o‘tkazdi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!