UMS yana bitta – «VIP Yillik» tarif rejasini chiqardi!

  •   DiMaX
  •  4301
  •  12.06.2018 11:21

UMS yana bitta – «VIP Yillik» tarif rejasini chiqardi!

Joriy yilda O‘zbekistondagi uyali aloqa operatorlari ko‘plab turli tarif rejalari, xizmatlar va aksiyalar taqdim etib kelishmoqda. Jumladan, Universal Mobile Systems (UMS) kompaniyasi yaqinda ikkita yillik tarif rejasini joriy qilgan edi.

O‘QING: UMS’dan xushxabar: ikkita yillik tarif!

Kuni kecha ushbu operator yana bitta yillik tarif rejasini yo‘lga qo‘ygani haqida xabar berdi. «VIP Yillik» deb nomlangan ushbu tarif rejasi – nomiga yarasha haqiqiy «VIP» bo‘lyapti!

«VIP Yillik» tarif rejasida abonent to‘lovi bir yilga 1 470 000 so‘mni tashkil etadi. Ushbu narx evaziga quyidagi limitlar taqdim qilinadi:

  • O‘zbekiston bo‘yicha barcha yo‘nalishlarga chiquvchi qo‘ng‘iroqlar – ChEKSIZ;
  • mobil internet – oyiga 5000 MB;
  • O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi SMS-xabarlar – oyiga 500 SMS.

Aytish kerakki, «VIP Yillik» tarif rejasida kiruvchi SMS-xabarlar uchun 84,2 so‘m miqdorida to‘lov mavjud.

Mazkur tarif haqida, shuningdek, Universal Mobile Systems (UMS) xizmatlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot olish uchun kompaniyaning rasmiy saytiga o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: UMS’ning barcha USSD-kodlarini bilib oling! (To‘liq ro‘yxat)