Umuman kutilmagan 5G-smartfon – Redmi Note 9T ham sertifikatsiyadan o‘tdi!

  •   DiMaX
  •  901
  •  18.11.2020 10:13

Umuman kutilmagan 5G-smartfon – Redmi Note 9T ham sertifikatsiyadan o‘tdi!

Xiaomi korporatsiyasi 24 noyabr kuni o‘z yurtida arzonchi brendining uchta smartfonini taqdim etishi, ularning xususiyatlari va narxlari haqida yozgan edik. Bulardan ikkitasi – Redmi Note 9 5G hamda Redmi Note 9 Pro 5G modellari, nomidan anglashilib turganidek, beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydi. Lekin ushbu turkumdagi yana bitta yangi gadjet esa 4G-smartfon bo‘lib, texnik jihatlari va model nomi hozircha aniq emas.

O‘QING: Redmi Note 10 xususiyatlari va «jonli» rasmlarini TENAA fosh etdi!

Endi ma’lum bo‘lishicha, Redmi Note 9 5G smartfoni boshqa nom bilan – Redmi Note 9T modeli sifatida global bozorga ham chiqariladi. U allaqachon AQShning Federal aloqa komissiyasi (Federal Communications Commission, qisqartmasi – FCC) sertifikatini olgan.

Ushbu nufuzli tashkilot ma’lumotlar bazasida aniqlanishicha, Redmi Note 9T smartfoni NFC moduliga, Bluetooth hamda Wi-Fi (2,4 GGs + 5 GGs) adapterlariga ega. Shuningdek, qurilma eng yangi – MIUI 12 grafik qobig‘i bilan taqdim etilishi ham ma’lum bo‘lgan.

Redmi Note 9T modeli, bundan tashqari, Hindistonning mobil qurilmalar IMEI-kodlarini hisobga oluvchi CEIR tashkiloti ma’lumotlar bazasida ham paydo bo‘lgan. U yerdagi yozuvlarga ko‘ra, smartfon diagonaliga 6,53 dyuymlik IPS-ekran bilan jihozlangan. Uning akkumulyatori 5000 mA/soatlik tok sig‘imiga ega bo‘lib, 22,5 vattlik texnologiya bo‘yicha tezkor quvvatlana oladi. Mazkur devaysning selfi-kamerasi 13 megpiksellik bo‘lib, bosh kamerasi 48 megapiksellik asosiy datchikka ega.

O‘QING: Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlarini 22 noyabrgacha arzonroq olsa bo‘ladi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.