Umuman kutilmagan yangi smartfon – Redmi Note 9S taqdimot kuni e’lon qilindi

  •   DiMaX
  •  4896
  •  16.03.2020 08:25

Umuman kutilmagan yangi smartfon – Redmi Note 9S taqdimot kuni e’lon qilindi

Xiaomi korporatsiyasi yaqindagina o‘zining Redmi Note 9 Pro Max smartfonini taqdim etgan. Bundan tashqari, kompaniya uning yanada arzon versiyasi – Redmi Note 9 Pro modelini ham namoyish qilgan.

O‘QING: Xiaomi narxi 285 dollardan oshuvchi barcha 4G-smartfonlarini yo‘q qilmoqchi!

To‘qqizinchi avlod Redmi smartfonlari turkumida yana Redmi Note 9, Redmi 9 hamda eng arzon Redmi 9A modellari bo‘lishi kutilmoqda. Yaqinda dasturchilar MIUI 11 proshivkasida yuqoridagilardan birinchisi, yana Redmi 10X 4G, Redmi K30 Pro va Redmi K30 Pro Zoom Edition smartfonlari haqida ma’lumot topishgan edi.

Lekin kutilmaganda Xiaomi korporatsiyasining Malayziya bo‘linmasi umuman boshqa – Redmi Note 9S modelining taqdimot sanasini e’lon qildi:

Yuqoridagi posterga ko‘ra, 23 mart kuni namoyish etiladigan yangi smartfonning ham bosh kamerasi to‘rt modulli bo‘ladi.

O‘QING: Xiaomi’ning ushbu smartfoniga kelgan yangilanish uni «g‘isht»ga aylantirdi

Yana bir qiziq posterida kompaniya Redmi Note 9S smartfonini mushuk surati bilan reklama qilgan va uning kamerasi zo‘rligini ta’kidlagan. Undagi rasmga ko‘ra, ushbu smartfon old paneli yaqinda chiqarilgan ikkita modeldan farq qilmaydi:

Kuzatuvchilar fikricha, Malayziyada hali Redmi Note 9 Pro hamda Note 9 Pro modellari rasman taqdim etilmagan. Shu sababli, Redmi Note 9S mana shu ikkita smartfondan birining mazkur mamlakat uchun boshqa nomda chiqarilgan versiyasi bo‘lishi ham mumkin.

Darvoqe, «Xitoycha Apple» bugunning o‘zidayoq yana bitta namoyish o‘tkazishini e’lon qilgandi...

O‘QING: «Simlarni kesib tashlang!» – 16 martda Xiaomi qanaqa yangi gadjet taqdim etyapti?