Umumiy ishlatiladigan Wi-Fi’dan foydalanishda ehtiyot bo‘ling!

Umumiy ishlatiladigan Wi-Fi’dan foydalanishda ehtiyot bo‘ling!

Umumiy foydalaniladigan Wi-Fi tarmog‘i odatda trafikni shifrlamaydi. Demak, siz nimalar qabul qilayotganingiz va uzatayotganingizni kimdir bemalol ko‘ra oladi. Masalan, telefonni uzun PIN-kod bilan himoya qildingiz, biroq ekrandagi suzib yuruvchi blokirovka bildirishnomasini qoldirdingiz. Bunday holatda hamma ham uni ochib ko‘rishi mumkin. Shaxsiy axborot blokirovka ekranida paydo bo‘lmasligi uchun blokirovka bildirishnomalarini to‘g‘ri o‘rnatish zarur.

— blokirovka ekranidagi bildirishnomasini o‘chirib qo‘ying yoki ularning tarkibini yashiring. Buni Android va iOS'da qanday amalga oshirishni o‘rganing;

— konfidensial ma’lumotlaringiz: login, parol, kredit karta ma’lumotlarini va shu kabilarni umumiy tarmoqdan jo‘natmaslikka harakat qiling. Yaxshisi, uzatiladigan ma’lumotlarni shifrlash hamda begona ko‘zlardan himoya qilish uchun VPN'dan foydalaning;

— iloji boricha, umumiy foydalaniladigan Wi-Fi tarmog‘idan foydalanmang;

— agar ommaviy Wi-Fi tarmog‘i, umumiy foydalaniladigan Wi-Fi tarmog‘idan foydalanmaslikning imkoni bo‘lmasa, xavfsiz — VPN'ga ulaning.

O‘QING: Kompyuteringizdan ortiqcha dasturlarsiz Wi-Fi tarqatishni bilasizmi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!