Uncha-munchaga o‘z narxini yo‘qotmaydigan o‘nta smartfon

  •   DiMaX
  •  2932
  •  02.02.2021 17:42

Uncha-munchaga o‘z narxini yo‘qotmaydigan o‘nta smartfon

Xitoyning Huishoubao nashri ommabop smartfonlarning o‘z qiymatini saqlab qolish bo‘yicha reytinglarini taqdim etib keladi. Masalan, uning 2020 yilgi ro‘yxatida dastlabki ikkita o‘rinni Xiaomi vakillari – Xiaomi Mi 10 hamda Xiaomi Mi 10 Pro flagmanlari egallagan edi. Bu yilning yanvar oyidagi ma’lumotga ko‘ra esa...

O‘QING: Eng tez va eng sekin arzonlashuvchi smartfonlar: qaysilarining narxi ikki karra tez pasayadi?

Huishoubao bugun smartfonlarning o‘z narxini saqlab qolishi bo‘yicha yangi reytingni taqdim etdi. Bu gal liderlik Huawei flagmanining maxsus versiyasi – Mate 40 RS Porsche Design modeliga nasib etgan. Uning o‘z qiymatini saqlab qolish indeksi 92,63 birlikka teng bo‘lgan.

Ikkinchi o‘rinni 91,56 natija bilan iPhone 12 Pro egallagan bo‘lsa, kuchli uchlikni Huawei Mate 40 Pro yakunlagan – 88,37 birlik.

O‘QING: iPhone 12 hamda Huawei Mate 40 mustahkamligini tasodifan... kir yuvish mashinasida sinab ko‘rishdi!

Kuchli o‘ntalikka bulardan tashqari quyidagi smartfonlar kirgan:

  1. Redmi K30 Extreme Commemorative Edition
  2. Huawei Mate Xs
  3. iPhone 12
  4. Huawei P40 Pro
  5. Xiaomi Mi 10
  6. Xiaomi Mi 10 Youth Edition
  7. Redmi K30i 5G

Ishlab chiqaruvchilar kesimida olganda, kuchli o‘ntalikka uchtagina kompaniyaning smartfonlari kirgan, xolos: Huawei hamda Xiaomi’ning to‘rttadan, Apple’ning ikkita modeli.

O‘QING: Potensial bestsellerlar – Galaxy A52 hamda Galaxy A72 narxlari chiqdi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.