Unisoc chipi va ikkita kameraga ega Honor Play 20 smartfoni taqdim qilindi

Unisoc chipi va ikkita kameraga ega Honor Play 20 smartfoni taqdim qilindi

Honor Play 20 smartfoni mustaqil ajralib chiqqan Honor brendining hech qanday marosimsiz taqdim qilingan eng so‘nggi qurilmalaridan bo‘ldi.

O‘QING: Honor V40 Lite smartfoni hamda Honor Tab 7 plansheti namoyish etildi

Smartfon arzon model bo‘lishiga qaramay, kompaniya unga katta sig‘imli akkumulyator qo‘yishga qaror qilgani quvonarli hol.

Play 20 qurilmasi Unisoc T610 platformasida ishlaydi. Ushbu chip TSMC tomonidan chiqarilgan bo‘lib, 12 nanometrlik jaryon asosiga qurilgan. SoC 1.8GHz chastotada ishlovchi sakkizta yadroli CPU'ga ega bo‘lib, yadrolarning ikkitasi Cortex-A75, qolgan oltitasi esa Cortex-A55 yadrolaridir.

Smartfon 4GB/6GB/8GB tezkor va 128GB doimiy xotiraga ega. Xotira sig‘imini 512GBgacha kengaytirish uchun microSD karta sloti ham mavjud.

Old panelga o‘rnatilgan displey 6.51" LCD panel bo‘lib, HD+ rezolyusiyaga ega. Tomchi kamera tirqishiga esa 5MP selfi kamera joylangan. Orqa panelda ikkita: 13MP asosiy va 2MP sath kameralari joylashgan. To‘rtburchak kamera modulining uchinchi tuynugi hech qanday vazifa bajarmaydi, shunchaki diafragma belgisi qo‘yilgan. To‘rtinchi tuynuk esa LED chirog‘i.

Qizig‘i shundaki, smartfon barmoq izi skaneriga ega emas. Biroq Honor uni USB-C porti orqali 10 Vt da quvvatlanuvchi 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlagan. Qurilmada 3.5 mm audio jek ham bor. Magic UI 4.0 qobiq dasturi esa Android 10 asosida ishlaydi.

Honor Play 20 Xitoyda allaqachon sotuvga chiqdi. Smartfonni qora, oq, ko‘k va kumushrang/pushti gradiyent ranglarda (xotira sig‘imiga qarab) 138 dan 215 dollargacha bo‘lgan narxda sotib olish mumkin.

O‘QING: Huawei kutilmaganda Mate 40 Pro flagmani va Mate X2 buklamafonini arzon versiyalarda chiqardi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!