Universitetda TikTok fakulteti ochilishi mumkin!

  •   DiMaX
  •  1922
  •  09.01.2021 11:53

Universitetda TikTok fakulteti ochilishi mumkin!

Rossiyaning Tomsk politexnika universiteti bazasida TikTok fakulteti ochilishi mumkin. Bunga sabab qilib so‘nggi paytlarda innovatsion kompaniyalar mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida o‘smirlarni ko‘rishni xohlayotgani aytilgan, deb yozadi Aniq.uz saayti.

O‘QING: Toshkentda o‘tkazilgan «dunyodagi ilk TikTok bayrami»da eng yaxshi o‘zbekistonlik tiktokerlar taqdirlandi

Ma’lum qilinishicha, Rossiyaning Tomsk shahrida istiqomat qiluvchi fuqarosi IT-maktabning eng yosh bitiruvchisi bo‘lgan va unga «33 Penguins» (muzqaymoq ishlab chiqaruvchi) kompaniyasi bilan hamkorlik qilish taklif qilingan.

Tomsklik 16 yoshli Aleksandraning so‘zlariga ko‘ra, u shaxsiy brend bo‘yicha kurslarni tugatgandan so‘ng xalqaro kompaniya bilan hamkorlik qilishni, shuningdek, TikTok va Instagram’da pul ishlashni boshlagan. «Zamonaviy dunyoda hattoki Tomskdagi o‘spirinlar ham ijtimoiy tarmoqlarda o‘z bizneslarini boshlashlari mumkin, buni mening misolim isbotlaydi!» — deydi qiz.

Bolalar IT-maktabi direktori Vitaliy Xilkoning ta’kidlashicha, 2020 yilda Tomskda yoshlar biznes ishlariga ko‘proq taklif qilingan. Buning sababi shundaki, biznes yoshlar auditoriyasi bilan bir tilda «gaplashishi» kerak. So‘nggi paytlarda innovatsion kompaniyalar mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida o‘smirlarni ko‘rishni xohlamoqda. Aytilishicha, yoshi katta yetakchilardan ko‘ra yoshlar buni yaxshiroq uddalaydi.

O‘QING: «TikTok qirolichasi» – 16 yashar raqqosa tarixga kirdi!

«Vazifamiz o‘smirlardan tarkib topgan yoshlar auditoriyasini qamrab olish edi. Biz uchun bu — TikTok va Instagram’da kattalar tomonidan emas, balki ijodkor yoshlar yaratgan birinchi va muvaffaqiyatli tajriba. Yangi yil mahsuloti haqidagi video Aleksandra tomonidan joylashtirildi. TikTok’da bu reklama 20 000, shaxsiy profilida 1100 marta, Instagram’da esa 6 500 marta ko‘rilgan va 1000 dan ortiq ‘layk’ yig‘gan», — deydi «33 Penguins TM»ning katta sotuvchisi Kirill Stepiko.

«Hozir IT-maktabida 30 dan ortiq bola o‘qiydi, ularning eng kichigi 10 yoshda. Ajablanarlisi shundaki, hatto Tomskda ham tadbirkorlar biznesga yoshlarni jalb qilish kerakligini tushunishadi. Biznesning ‘o‘yin’ qoidalari har yili o‘zgarib borishi va zamonaviy tendensiyalarni faqat yoshlar egallay oladi. Agar menejerlar sotishda natijalarga erishsa, ular yoshlar bilan hamkorlik qilishga va ularning tavsiyalarini tinglashga majburdir», deyiladi xabarda.

Shuning uchun Vitaliy Xilko Rossiyada birinchi TikTok fakultetini Tomsk politexnika universiteti bazasida ochishni taklif qilgan. Universitet esa tashabbusni qo‘llab-quvvatlagan. Tez fursatda fakultetni ishga tushirish bo‘yicha ishchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

O‘QING: Rossiyada eng serdaromad TikTok’chilar reytingida birinchi o‘rinni o‘zbek zabt etdi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!