Unutilgan HTC 11 iyunda yangi smartfonini namoyish etadi!

Unutilgan HTC 11 iyunda yangi smartfonini namoyish etadi!

HTC kompaniyasining aktual smartfonlari assortimenti aslo o‘ndan oshgan emas. Ayni damda ishlab chiqaruvchi o‘zining yangi qurilmasi ustida ishlamoqda va uni 11 iyunda taqdim qilishni rejalashtirmoqda.

Afsuski, taqdimot kuni unchalik omadli chiqmagan – yangi HTC huddi shu kuni taqdim qilinadigan Xiaomi Mi 9T va Mi 9T Pro smartfonlari soyasida qolib ketishi turgan gap. Umuman olganda, ushbu smartfon kompaniya tomonidan bu yil taqdim qilinayotgan birinchi smartfonligi bilan o‘zida qizitish uyg‘otishi mumkin. Ammo, smartfon xususiyatlarida xech qanday yangilik aks etmagan. Unga 6 GB operativ, 128 flesh-xotira, Snapdragon 710 protsessori va aniqligi 1080x2160 bo‘lgan 6 dyumli displey, 3930 mA/soatlik akkumulyator, ikkitalik old va asosiy kamera o‘rnatilgan.

HTC kompaniyasi yangi qurilma nomida “ye” xarfi bo‘lishiga ishora qilgan. Tarmoqda aynan U19e nomli model renderlari tarqalgan. Do‘konlar peshtaxtasida ham yangi qurilma shu nom bilan sotilsa ajab emas.

O‘QING: HTC Exodus 1: ilk kriptovalyutali smartfon namoyish etildi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!