iPhone 7 Plus'ga o‘xshash Xiaomi 5X'ning taqdimot kuni va narxi ma’lum bo‘ldi

iPhone 7 Plus'ga o‘xshash Xiaomi 5X'ning taqdimot kuni va narxi ma’lum bo‘ldi

Kechagina yangi Xiaomi Mi 5X smartfon modeliga tegishli reklama surati e’lon qilingan edi. Bugun esa internet tarmog‘ida Mi 5X'ning tamoman yangi model bo‘lishi haqidagi ma’lumotlar tarqalmoqda.

Norasmiy manbaalarning ma’lum qilishicha, Xiaomi Mi 5X yoki Xiaomi 5X smartfoni 2 xil apparat platformasiga ega bo‘ladi: ularning biri Snapdragon 625, ikkinchisi Snapdragon 660 protsessorlariga ega bo‘ladi. Bu protsessorlar ayni paytda o‘rta narxli gadjetlarga o‘rnatila boshlangan, yetakchi protsessorlardan bir qadam orqada bo‘lgan ilg‘or chiplardir.

Shuningdek, smartfonning boshlang‘ich talqini 4, yuqori talqini 6 gigabaytli tezkor xotiraga ega bo‘ladi. Smartfon Android 7.1.1'ning Xiaomi tomonidan o‘zlashtirilgan MIUI 9 operatsion tizimida ishlaydigan ilk mobil telefon bo‘ladi.

Xiaomi Mi 5X old panelda 16 MP selfi-kamera, displey quyisida biometrik datchik bilan ta’minlanadi. Orqa panelda esa Sony IMX386 hamda Samsung S5k3m3 sensorlari birikuvidan iborat bosh kamerani ko‘rishimiz mumkin.

Devaysga FullHD sig‘imli, 5,5 dyuymli displey o‘rnatiladi. Gadjetning taqdimoti 26 iyulda kutilmoqda. Xuddi shu kuni Meizu Pro 7 flagmani ham taqdim qilinadi. Xiaomi Mi 5X'ning yuqori, ya’ni Snapdragon 660 chipiga ega talqini $295 dollardan sotuvga chiqariladi.