USB-C portli iPhone qachon chiqarilishi ma'lum bo'ldi

USB-C portli iPhone qachon chiqarilishi ma'lum bo'ldi

Tahminan besh yildan beri Apple har yili o'zining iPhone smartfonlarini USB-C portiga o'tkazishi haqida mish-mishlar tarqaladi, lekin kompaniya portsiz smartfon zamonigacha Lightning portidan voz kechmaslikni rejalashtirgan shekilli, shu kungacha bu hodisa sodir bo'lmaydi.

Biz hozirgacha USB-C portiga ega iPhone smartfonini ko'rdik, lekin u kompaniya tomonidan emas, balki havaskor muhandislar tomonidan yaratilgan edi. Garchi Apple 2015-yildan Mac qurilmalarini, 2018-yildan iPad qatorini tezroq va yaxshiroq ishlaydigan C turdagi USB porti bilan chiqarishni boshlagan bo'lsa ham, kompaniya o'zining eng mashhur mahsulotini iPhone 5'dan beri bir xil Lightning porti bilan chiqarib keladi. Biroq, taniqli Apple tahlilchisi Ming-Chi Kuo so'zlariga ko'ra, kupertinolik kompaniya vanihoyat keyingi keyingi yilning ikkinchi yarmidan boshlab o'zining iPhone (15) smartfonlarini ham USB-C porti bilan chiqarishni boshlashi mumkin.

"Mening so'nggi tadqiqotlarim shuni ko'rsatadiki, 2023-yilning ikkinchi yarmida iPhone Lightning portidan voz kechib, USB-C portiga o'tadi. USB-C apparat dizaynlarida iPhone'ning ma'lumot uzatish va zaryadlash tezligini oshirishi mumkin, ammo yakuniy xulosa hali ham iOS qo'llab-quvvatlashiga bog'liq." deydi Kuo o'zining Twitter sahifasida.

Agar uning so'zlari to'g'ri bo'ladigan bo'lsa, iPhone 14 seriyasi Apple'ning Lightning portiga ega so'nggi smartfoni bo'ladi. Shunda ham AirPods va boshlang'ich iPad qurilmalari kompaniyaning qadrdon Lightning porti bilan chiqarilishda davom etadi.

Bugungi kunda smartfon sanoati USB-C standartiga allaqachon o'tgan bo'lishiga va Yevropa Ittifoqi tomonidan ham kompaniyaning barcha qurilmalari USB-C portiga o'tkazilishi kerakligi haqidagi yangi qonunlar qabul qilinishiga qaramay, Apple hali ham o'z qaysarligidan qolmayapti. Kompaniyaga ko'ra, USB-C portlariga o'tish, smartfon suvga chidamligini yomonlashtirishi mumkin. Agar Apple'ning Ligtning portidan voz kechishi uning moliyaviy zarar ko'rishiga olib keladi deb o'ylasangiz adashasiz, chunki kompaniyaning saytida USB-C kabeli ham Lightning kabeli bilan bir xil narxda ko'rsatilgan.

O'QING: iPod bilan xayrlashing!