USENET 2017 yillik internet-konferensiyasi 25 aprelda bo‘lib o‘tadi

  •   DiMaX
  •  1904
  •  19.04.2017 09:43

USENET 2017 yillik internet-konferensiyasi 25 aprelda bo‘lib o‘tadi

Usenet – O‘zbekistonda o‘z yo‘nalishida yagona bo‘lgan yillik internet-konferensiya bo‘lib, u marketing, reklama va axborot texnologiyalari sohalari mutaxassislarini birlashtiradi.

Konferensiyaning asosiy mavzulari: biznesni internetda ilgari surish, videoreklama, messenjerlar, ijtimoiy tarmoqlar, SMM, reklama bozori monitoringi, elektron savdo, internet-OAV va muvaffaqiyatli startaplar hisoblanadi.

Mazkur tadbirda 6 mamlakatdan 20 nafar mutaxassis chiqish qiladi. Usenet konferensiyasida har yili 1200 dan oshiq ishtirokchi qatnashadi.

Ta’kidlash kerakki, «Terabayt.Uz» sayti USENET 2017 internet-konferensiyasining axborot hamkori hisoblanadi.

Bu yilgi konferensiya «International Hotel Tashkent» mehmonxonasida, 25 aprel kuni soat to‘qqizda boshlanadi.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni konferensiyaning saytidan olish mumkin.