USENET 2019 oltinchi xalqaro digital-konferensiyasiga marhamat!

  •   DiMaX
  •  368
  •  15.03.2019 15:07

USENET 2019 oltinchi xalqaro digital-konferensiyasiga marhamat!

Joriy yilning 16 may kuni poytaxtimizdagi International Hotel Tashkent mehmonxonasida USENET 2019 oltinchi xalqaro digital-konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Buni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ma’lum qilgan.

O‘QING: Toshkentda III Adweek marketing va reklama haftaligi o‘tkaziladi

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining ko‘magida o‘tkaziladi. Shakllangan an’anaga ko‘ra, bu yil ham konferensiyada O‘zbekistondan, shuningdek, yaqin qo‘shni mamlakatlar – Qozog‘iston va Rossiyadan tashrif buyurgan ma’ruzachilar ishtirok etadi. O‘tgan yili ushbu anjumanning to‘liq bir kunida 1200 dan ziyod tinglovchilar qatnashgan edi.

Headliner chiqishlar an’anasiga ko‘ra, yaqin xorijiy davlatlardan ekspertlar ham ishtirok etadi. Ma’ruzachilarning ism-sharifi va ma’ruzalarning aniq mavzulari keyinchalik konferensiyaning rasmiy sayti – USENET.UZ’da e’lon qilinadi.

Konferensiya O‘zbekistonning yetakchi media-agentligi – Ledokol Group kompaniyasi tomonidan tashkil etilmoqda. USENET 2019 konferensiyasining Bosh homiysi – Beeline Uzbekistan kompaniyasi.

USENET – O‘zbekistonda har yili o‘tkaziladigan yagona internet-konferensiya bo‘lib, tadbir sahnasi yigirmadan ziyod mahalliy va xalqaro ekspertlarni o‘zida jamlaydi. Konferensiya 2011 yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda.

Tinglovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tish imkoni yaqin bir necha hafta davomida konferensiyaning USENET.UZ rasmiy saytida hamda rasmiy Telegram-kanali — @usenet2019 manzilida mavjud bo‘ladi.

USENET 2019 yangiliklari bilan quyidagi ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib borish mumkin:

Facebook: https://www.facebook.com/usenetuz/

Telegram: https://t.me/usenet2019

O‘QING: Inha universitetida SAP Next-Gen Lab innovatsion laboratoriyasi ochildi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!