Ushbu 17 ta ilovani smartfoningizdan hoziroq o‘chirishingiz kerak!
Ruminiyaning axborot xavfsizligi sohasidagi Bitdefender kompaniyasi Google Play ilovalar do‘konidagi 17 ta dasturning xavfli ekanini e’lon qildi. Ushbu ilovalar o‘z holicha ziyonkor emas, lekin baribir smartfoningizda bo‘lmagani ma’qul, deyishmoqda mutaxassislar.
O‘QING: Smartfoningizda josuslik qilayotgan oltita antivirus
Mutaxassislarning ta’kidlashlaricha, ular qurilmaga o‘rnatilganidan so‘ng o‘zining tizimda mavjudligini yashira boshlaydi. Natijada smartfon egasi hamisha ekranga chiqib qolaveradigan reklamalar qurboni bo‘ladi. Ilova o‘rnatilganidan so‘ng to‘rt soat o‘tib, har xil vaqt oraliqlarida reklama chiqara boshlaydi. Bu bilan ular trafikni ko‘p sarflab, yana akkumulyator quvvatining ham ortiqcha xarjlanishiga olib keladi.
Mana, ularning to‘liq ro‘yxati:
- Car Racing 2019; ishlab chiquvchi – Racing 3D Game
- 4K Wallpaper (Background 4K Full HD); ishlab chiquvchi – Ames Co.Ltd
- Backgrounds 4K HD; ishlab chiquvchi – wixi
- QR Code Reader & Barcode Scanner Pro; ishlab chiquvchi – Ames Co.Ltd
- File Manager Pro – Ames Co. Ltd. Ltd. SD Card / Explorer Manager
- VMOWO City: vmowo Speed Racing 3D
- Redads Barcode Scanner
- Screen Stream Mirroring; ishlab chiquvchi – Amanote
- QR Code – Scan & Read a Barcode of Mob Net
- Period Tracker – Cycle Ovulation Women’s; ishlab chiquvchi – Ames Co. Ltd.
- QR & Barcode Scan Reader; ishlab chiquvchi – amazi
- 4K wallpapers, HD Backgrounds; ishlab chiquvchi – amazi
- Transfer Data Smart; ishlab chiquvchi – Amanote
- Explorer File Manager; ishlab chiquvchi – amazi
- Today Weather Radar; ishlab chiquvchi – Amanote
- io : Big Fish Frenzy; ishlab chiquvchi – Mob Net
- Clock LED; ishlab chiquvchi – Maint
Ushbu dasturlar Google Play katalogidan 550 ming martadan ortiq o‘rnatib olingan. Ular turli o‘yinlar, oboylar va foydali utilitalar ko‘rinishida niqoblana oladi. Ularning aksariyati ilovalar do‘konidan olib tashlangan, lekin foydalanuvchilarning qurilmalarida o‘rnatilgan holida qolib ketgan bo‘lishi mumkin va ularni o‘chirib yuborish kerak.
O‘QING: Android-smartfonlarga uzoq kutilgan funksiya qaytadan qo‘shilyapti