Ushbu 22 rusumdagi Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlarining «operativka»sini yana 3 GBgacha kengaytirish mumkin bo‘ladi!

  •   DiMaX
  •  1408
  •  12.08.2021 11:59

Ushbu 22 rusumdagi Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlarining «operativka»sini yana 3 GBgacha kengaytirish mumkin bo‘ladi!

Xiaomi korporatsiyasi 10 avgustdagi taqdimot marosimida MIUI 13 grafik qobig‘ini ham namoyish etishi kutilayotgan edi, lekin uning o‘rniga MIUI 12.5 qobig‘ining yaxshilangan versiyasi anonsi berildi.

O‘QING: Olimpiya o‘yinlari medalchilari va qatnashchilariga bittadan Xiaomi Mi 11 Ultra hamda Xiaomi Mi 11X hadya etildi!

Memory Fusion Technology – qurilmaning doimiy xotirasida yaratiluvchi virtual bo‘lim yordamida uning tezkor xotirasini kengaytirish texnologiyasidir. Xiaomi kompaniyasining 22 xil smartfoniga MIUI 12.5 (yoki MIUI 12.5 Enhanced Edition) grafik qobig‘i bilan ushbu funksiya ham yetib keladi.

Ularning ro‘yxati quyidagicha:

  1. Xiaomi Mi 10;
  2. Xiaomi Mi 11;
  3. Xiaomi Mi 10 Pro;
  4. Xiaomi Mi 11 Pro;
  5. Xiaomi Mi 10 Ultra;
  6. Xiaomi Mi 11 Ultra;
  7. Xiaomi Mi 10T;
  8. Xiaomi Mi 10T Pro;
  9. Xiaomi Mi 11X;
  10. Xiaomi Mi 11X Pro.

Redmi brendiga mansub modellar:

  1. Redmi Note 10 Pro 5G;
  2. Redmi K30 Pro;
  3. Redmi K30 Pro Zoom Edition;
  4. Redmi K30S;
  5. Redmi K40;
  6. Redmi K40 Gaming Edition;
  7. Redmi K40 Pro;
  8. Redmi Pro+.

Poco brendiga mansub modellar:

  1. Poco F3;
  2. Poco F3 GT;
  3. Poco X3 Pro;
  4. Poco X3 GT.

Ushbu ro‘yxat kelajakda yana kengayishi mumkin, demoqda manbalar. Ta’kidlash kerakki, Memory Fusion Technology texnologiyasi smartfon «operativka»sini 1–3 gigabaytga kengaytirish imkonini beradi.

O‘QING: «Jonli» test videosi: «operativka»ci 12 gigabaytlik Galaxy Note 20 Ultra kuchlimi, yoki 6 gigabaytlik iPhone 12 Pro?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!