Ushbu 22 xil Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlariga MIUI 12.5 proshivkasini hoziroq o‘rnatishingiz mumkin!

  •   DiMaX
  •  3462
  •  31.12.2020 12:10

Ushbu 22 xil Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlariga MIUI 12.5 proshivkasini hoziroq o‘rnatishingiz mumkin!

Xiaomi kompaniyasi shu haftaning boshida MIUI 12.5 talqinidagi grafik qobiqni taqdim etgan. Biz esa beta-test doirasida unga yangilanuvchi birinchi smartfonlar ro‘yxatini ham chiqarganmiz.

O‘QING: Navbatdagi «quvvat monstri» – 6000 mAs akkumulyatorli arzon Redmi 9T ham tayyor!

Beta-sinovlar faqat Xitoydagi foydalanuvchilar uchun joriy etilgan, ammo XDA Developers dasturchilar hamjamiyati proshivkalarni ko‘pchilik bilan baham ko‘ra boshladi.

Ayni damda quyidagi smartfonlar uchun MIUI 12.5 grafik qobig‘i bazasidagi proshivkalar yuklab olib o‘rnatishga tayyor bo‘lgan:

  1. Poco X2 – Android 11 asosida
  2. Redmi 10X 5G – Android 11 asosida
  3. Redmi 10X Pro – Android 11 asosida
  4. Redmi K20 – Android 11 asosida
  5. Redmi K20 Pro – Android 11 asosida
  6. Redmi K30 4G – Android 11 asosida
  7. Redmi K30 5G – Android 11 asosida
  8. Redmi K30 Ultra – Android 11 asosida
  9. Redmi K30i 5G – Android 11 asosida
  10. Redmi Note 7 – Android 10 asosida
  11. Redmi Note 7 Pro – Android 10 asosida
  12. Redmi Note 7S – Android 10 asosida
  13. Redmi Note 9 5G – Android 11 asosida
  14. Xiaomi Mi 10 Lite Zoom – Android 11 asosida
  15. Xiaomi Mi 10 Youth Edition – Android 11 asosida
  16. Xiaomi Mi 9 – Android 11 asosida
  17. Xiaomi Mi 9 SE – Android 11 asosida
  18. Xiaomi Mi 9T – Android 11 asosida
  19. Xiaomi Mi 9T Pro – Android 11 asosida
  20. Xiaomi Mi CC9 Pro – Android 11 asosida
  21. Xiaomi Mi CC9e – Android 10 asosida
  22. Xiaomi Mi Note 10 – Android 11 asosida

Aytish kerakki, bu proshivkalar hali ancha «xom» – xatoliklari ko‘p. Bundan tashqari, xitoycha proshivkalar globallaridan farq qiladi (batafsil). Shuningdek, yuqoridagi smartfonlarga beta-talqindagi proshivkalarni o‘rnatish uchun qurilmaning yuklagichi blokdan chiqarilgan bo‘lishi kerak.

Agarda shu kabilar sizni cho‘chitmasa, u holda mana bu havola orqali XDA Developers saytiga o‘tishingiz va tegishli modelning proshivka faylini yuklab olib, o‘rnatishingiz mumkin. Eslatib o‘tamiz, bunda smartfoningizda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatoliklar uchun mas’uliyat o‘zingizning zimmangizda.

O‘QING: 80 xildagi Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlariga MIUI 12.5 proshivkasi keladi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!