Ushbu 3 ta oddiy harakat bilan iPhone'ingizni xakerlardan himoya qiling

Ushbu 3 ta oddiy harakat bilan iPhone'ingizni xakerlardan himoya qiling

«iPhone va undagi ma’lumotlarni xakerlardan himoya qilish qanchalar qiyin?» dersiz. Umuman qiyin emas.

O‘QING: YouTube’dan ilhomlangan 11 yoshli xaker hikoyasi

Xavfsizlik o‘ta muhim masala ekani va butun umringizni unga sarflashingiz mumkinligiga shubha yo‘q, biroq sizning iPhone'ingiz qolgan 99% iPhone'lardan ko‘ra himoyalanganroq bo‘lishini ta’minlash umuman qiyin emas.

Quyida bu bilan tanishamiz.

#1: Yangilanishlar

iOS tizimingiz har doim yangilangan bo‘lsin. Har qanday zaifliklarga qarshi asosiy himoya usuli — shu. Ilovalaringizni ham doimiy yangilab turing, biroq bu dasturiy ta’minot oldida ikkilamchi masala.

#2: Kuchli parollar

Agar 000000 yoki 123456 yoxud shunga o‘xshash juda sodda parollardan foydalanayotgan bo‘lsangiz, ularni hoziroq o‘zgartiring.

Qurilmangizga internet orqali hujumlar ham uyushturilishi mumkin, lekin iPhone'ingizni kimdir sizdan olib, uni qulfdan chiqarishi bilan ma’lumotlaringiz o‘g‘rilanishi ehtimoli juda yuqori bo‘ladi.

#3: Smartfonni har hafta perezarguzka qiling

iPhone'larning aksariyat zaifligi jeylbreyking sabab yuzaga keladi. Quvonarlisi shuki, perezagruzka qilganingizdan so‘ng bu muammolar bartaraf bo‘ladi. Shu boisdan, har hafta bir marta iPhone'ingizni perezagruzka qilib turing. Bu bilan nafaqat qurilmangizni himoyalaysiz, balki operativ xotirani ham tozalash bilan uni tezlashtirasiz.

O‘QING: Xaker ovlagan xaker haqida hikoya

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!