Ushbu 39 rusumdagi Huawei hamda Honor smartfonlari va planshetlariga allaqachon EMUI 10.1 kelyapti

  •   DiMaX
  •  572
  •  15.07.2020 16:03

Ushbu 39 rusumdagi Huawei hamda Honor smartfonlari va planshetlariga allaqachon EMUI 10.1 kelyapti

Huawei kompaniyasi avvalroq EMUI 10.1 grafik qobig‘ini qabul qiluvchi 20 xil smartfon va planshetlarini rasman aytgan edi. Endi esa jahon bo‘ylab jami 39 modeldagi mobil qurilmalariga ushbu proshivkani allaqachon tarqata boshlaganini ma’lum qildi.

O‘QING: Google hamda Apple monopoliyasiga Huawei qattiq zarba berdi!

Eslatib o‘tamiz, kompaniyaning Honor brendiga mansub modellarda bu Magic UI 3.1 grafik qobiq talqini bo‘ladi – u aslida EMUI 10.1 proshivkasining to‘liq nusxasidir.

Demak, proshivkasi yangilanayotgan mobil devayslar ro‘yxati quyidagi skrinshotda keltirilgan:

Aytib o‘tish muhimki, EMUI 10.1 proshivkasigacha faqat Xitoydagi emas, balki G‘arbiy va Shimoli-Sharqiy Yevropa, Yaqin Sharq, Rossiya, Markaziy Osiyo, Lotin Amerikasi, Kanada va Yaponiyadagi smartfonlar ham yangilanmoqda.

O‘QING: Qaysi smartfonlar ishlatilsa ham narxini ko‘p yo‘qotmaydi?