Ushbu 63 xil Samsung smartfon va planshetlari Android 11’gacha yangilanadi!

  •   DiMaX
  •  3057
  •  08.09.2020 08:53

Ushbu 63 xil Samsung smartfon va planshetlari Android 11’gacha yangilanadi!

Avvalroq biz Android 11 operatsion tizimigacha yangilanuvchi Xiaomi, Redmi, Poco va Black Shark smartfonlarining ro‘yxati va muddatlarini e’lon qilgan edik. Endi esa o‘n birinchi avlod «yashil robotchali» tizimni qabul qiladigan Samsung mobil qurilmalari ham ma’lum bo‘ldi.

O‘QING: Android 11 sizni yana bitta erkinlikdan mahrum etadi!

Samsung yangilanish borasida quyidagicha siyosat yurgizadi: barcha mobil qurilmalar navbatdagi ikkita, o‘rta narx toifali va flagman smartfonlar esa uchinchi operatsion tizimgacha yangilanadi. Shunday ekan, qadoqdanoq Android 9.0 Pie hamda Android 10 tizimi bilan taqdim etilgan barcha mobil qurilmalar Android 11 apdeytini ham qabul qilishi kerak.

Shu mantiqdan kelib chiqib, Sammobile nashri o‘n birinchi avlod Android asosidagi proshivkani qabul qiladigan naq 63 xil Samsung smartfonlari va planshetlarining ro‘yxatini e’lon qildi. Mana, ular bilan tanishamiz:

  1. Galaxy A01;
  2. Galaxy A10;
  3. Galaxy A10e;
  4. Galaxy A10s;
  5. Galaxy A11;
  6. Galaxy A20;
  7. Galaxy A20e;
  8. Galaxy A20s;
  9. Galaxy A21;
  10. Galaxy A21s;
  11. Galaxy A30;
  12. Galaxy A30s;
  13. Galaxy A31;
  14. Galaxy A40;
  15. Galaxy A41;
  16. Galaxy A42 5G;
  17. Galaxy A50;
  18. Galaxy A50s;
  19. Galaxy A51;
  20. Galaxy A51 5G;
  21. Galaxy A60;
  22. Galaxy A70;
  23. Galaxy A70s;
  24. Galaxy A71;
  25. Galaxy A71 5G;
  26. Galaxy A80;
  27. Galaxy A8s;
  28. Galaxy A90 5G;
  29. Galaxy M01;
  30. Galaxy M11;
  31. Galaxy M21;
  32. Galaxy M30s;
  33. Galaxy M31;
  34. Galaxy M40;
  35. Galaxy M51;
  36. Galaxy Xcover 4s;
  37. Galaxy Xcover FieldPro;
  38. Galaxy Xcover Pro;
  39. Galaxy S10e;
  40. Galaxy S10;
  41. Galaxy S10+;
  42. Galaxy S10 5G;
  43. Galaxy S10 Lite;
  44. Galaxy Note 10;
  45. Galaxy Note 10+ (LTE/5G);
  46. Galaxy Note 10 Lite;
  47. Galaxy Note 20;
  48. Galaxy Note 20 Ultra;
  49. Galaxy S20;
  50. Galaxy S20+;
  51. Galaxy S20 Ultra (LTE/5G);
  52. Galaxy Fold (LTE/5G);
  53. Galaxy Z Flip (LTE/5G);
  54. Galaxy Z Fold 2;
  55. Galaxy Tab S5e;
  56. Galaxy Tab S6;
  57. Galaxy Tab S6 Lite;
  58. Galaxy Tab S7
  59. Galaxy Tab S7+;
  60. Galaxy Tab A 10.1 2019;
  61. Galaxy Tab A 8.0 2019;
  62. Galaxy Tab A7;
  63. Galaxy Tab Active Pro.

Yuqoridagi smartfonlar va planshetlarga Android 11 operatsion tizimi kompaniyaning yangi – One UI 3.0 grafik qobig‘i bilan birga taqdim etilishi kutilmoqda. Lekin bular hozircha norasmiy ma’lumot ekanini eslatib o‘tamiz; Samsung hozircha bu borada o‘zi bayonot bermagan.

O‘QING: O‘z egasini rozi qilgan TOP-10 smartfon (AnTuTu reytingi, 2020 yil avgust)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!