Ushbu chipset GeekBench'da Snapdragon 8 Gen1 va Exynos 2200'dan ustun keldi

Ushbu chipset GeekBench'da Snapdragon 8 Gen1 va Exynos 2200'dan ustun keldi

MediaTek, Qualcomm va Samsung kompaniyalari rasman o‘zlarining flagman chiplarini taqdim etib bo‘lishdi. Hozirga kelib Snapdragon 8 Gen1 chipi bilan jihozlangan bir necha smartfonlar sotuvga chiqdi. Qolgan ikki chipsetda ishlovchi smartfonlar yaqin kunlar ichida taqdim etiladi.

Yaqinda uchala chipni unumdorlik darajasini tekshirish uchun ular GeekBench'da testdan o‘tkazildi. 

Natijalarga ko‘ra, Android bozorida hozircha Dimensity 9000 eng kuchli chipset bo‘lib turibdi. 

Ice Universe insayderi o‘zining Twitter sahifasida GeekBench 5'dagi natijalarni e’lon qildi. Undagi bir yadroli hamda ko‘p yadroli testda Dimensity 9000 chipi Snapdragon 8 Gen1 va Exynos 2200'dan ustun kelgan. 

Shuni ta’kidlash joizki, Exynos 2200 va Dimensity 9000 chipi bilan jihozlangan smartfon hali sotuvga chiqmagan. Shuning uchun, ushbu chiplarining sotuvdagi smartfonda qayd etgan natijasi turlicha bo‘lishi mumkin. Snapdragon 8 Gen1 chipida ishlovchi bir necha smartfonlar allaqachon sotuvga chiqarilgan. 

O‘QING: Xiaomi 12'ning global versiyasi GeekBench'da testdan o‘tdi