Ushbu Galaxy smartfonlari keyingi yilgacha Android 13 yangilanishini qabul qiladi

Ushbu Galaxy smartfonlari keyingi yilgacha Android 13 yangilanishini qabul qiladi

Samsung bir necha oydan beri o'zining Galaxy smartfonlari uchun Android 13 yangilanishi ustida ishlab kelmoqda. Hozirgacha kompaniya faqat Galaxy S22 va Galaxy S21 seriyasidagi modellargagina One UI 5.0'ni sinov tariqasida chiqargan. Yaqinda Galaxy S22 uchinchi beta versiyasini ham qabul qildi.

One UI 5.0 rasman qachon, qaysi Galaxy smartfonlari uchun chiqarilishi noma'lum, ammo, shuni aytish mumkinki, u keyingi yilga qadar, tahminan oktabr oyida chiqariladi. SamMobile nashrining xabar berishicha, Samsung'ning Android 13 versiyasi 2023-yilgacha quyidagi modellarga chiqariladi:

  • Samsung Galaxy S22
  • Samsung Galaxy S22+
  • Samsung Galaxy S22 Ultra
  • Samsung Galaxy S21
  • Samsung Galaxy S21+
  • Samsung Galaxy S21 Ultra
  • Samsung Galaxy Z Fold 4
  • Samsung Galaxy Z Flip 4
  • Samsung Galaxy Z Fold 3
  • Samsung Galaxy Z Flip 3
  • Samsung Galaxy A53

Flagmanlar va buklamafonlar yangilanishni birinchilardan bo'lib qabul qilishi aniq, lekin ro'yxatga qaraydigan bo'lsak, ular orasida o'rta darajadagi model, Galaxy A53 ham bor. O'tgan yilgi Galaxy A52 o'zining Android 12 yangilanishini yanvargacha qabul qilmagan edi.

O'QING: Samsung cheklangan miqdordagi yangi Galaxy qurilmalarini chiqardi