Ushbu ilovalar smartfoningizda bo‘lsa, tezda o‘chirib qutuling!

  •   DiMaX
  •  4500
  •  06.07.2020 18:08

Ushbu ilovalar smartfoningizda bo‘lsa, tezda o‘chirib qutuling!

Qidiruv giganti Google Play katalogida navbatdagi tozalash ishlrini o‘tkazdi. Unda bir qator ilovalarda ziyonkor kod mavjudligi aniqlanib, marketdan o‘chirib tashlandi.

O‘QING: IIV ogohlantiradi: Telegram’da tarqalayotgan virusli dasturdan ehtiyot bo‘ling!

PhoneArena nashri esa ilovalar do‘konidan o‘chirib tashlangan xavfli dasturlarning ro‘yxatini taqdim etdi. Ular orasida foto yoki video tahrirchisi, oboylar to‘ylami, qadam hisoblagich yoki o‘yin kabilar ham bor. Aslida esa bularning barchasi foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini o‘g‘irlash, ijtimoiy tarmoqlardagi akkaunt ma’lumotlarini to‘plash kabi josuslik ishlarini bajarib kelayotgan ekan.

Yuqoridagi skrinshotda uchinchi ustunga e’tibor bersangiz, ushbu ilovalardan har birining Google Play’dan yuklab olinish sonini ko‘rsiz. Ya’ni, foydalanuvchilar zararli dasturlardan ayrimlarini yarim million martadan oshiq yuklab olishgan!

Shu boisdan mutaxassislar smartfoningizda ushbu ro‘yxatdagi ilovalar bor-yo‘qligini tekshirib ko‘rishingizni, agar mavjud bo‘lsa – tezda o‘chirib tashlashingizni maslahat berishmoqda.

O‘QING: TikTok sizning qaysi ma’lumotlaringizni yig‘ayotganidan xabaringiz bormi o‘zi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!