Ushbu smartfonni mutlaqo bepul olish mumkin!

  •   DiMaX
  •  6047
  •  15.07.2017 16:56

Ushbu smartfonni mutlaqo bepul olish mumkin!

Salkam kunora yangi smartfonlar ishlab chiqarayotgan xitoyliklar o‘z mahsulotlarini bozorda ilgari surish uchun turli yo‘llarni o‘ylab topmoqdalar. Chegirmalar, aksiyalar, sovrinli o‘yinlar orqali yangi qurilmalarni arzon narxda, ba’zan hatto tekinga ham olish imkoni tug‘ilib turadi. Shunaqa aksiyalardan biri haqida Hi-News.ru xabar bergan.

OUKITEL kompaniyasi o‘zining betakror dizaynga ega bo‘lgan K3 nomli yangi smartfonini yaqin orada taqdim etmoqchi. Mazkur qurilma old tomonidan ham, orqa tomonidan ham qayrilma shisha bilan qoplangan. Bu shunchaki shisha emas, balki Asahi Glass himoya shishasidir, deyiladi xabarda.

Smartfonga Sharp kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan ekran joylangan. FHD sifatli bu displeyning o‘lchami diagonaliga 5,5 dyuymni tashkil etadi. K3 gadjetiga naq to‘rtta kamera o‘rnatilgan: oldida ikkita, orqasida ikkita! Demak, unda nafaqat asosiy kameradan olinadigan suratlar, balki selfilar ham ajoyib chiqadi.

Xo‘sh, bu betakror smartfonni mutlaqo bepul olish uchun nima qilish kerakligiga qiziqyapsizmi? Buning uchun kompaniya saytidagi maxsus aksiya sahifasiga o‘tishingiz va OUKITEL K3 devaysining akkumulyatori qanday sig‘imga ega bo‘lishi haqidagi taxminingizni yozib qoldirishingiz lozim. Shuningdek, u yerda o‘z elektron pochtangiz manzilini ham qoldirasiz. Aksiya 22 iyulgacha davom etadi va, agarda unda sovriningizni qanday olishingiz to‘g‘risida yo‘riqnoma maktubi yuboriladi.

Xo‘sh, omadingizni sinab ko‘rasizmi?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!