Ushbu smartfonni sotib olmang!

Ushbu smartfonni sotib olmang!

Taniqli videobloger JerryRigEverything flagman LG G8 smartfonini sinab ko’rdi. O’zgacha texnik sinovlari bilan mashxur bo’lgan bloger, smartfonni ilk testlardan muvaffaqiyatli o’tganini ma’lum qildi. Keyinroq esa ushbu smartfonni ochib, uning ichki tuzilishi bilan qiziqib ko’rmoqchi bo’ldi.

Ushbu rolikda bloger qurilmani ochish jarayoni aks etgan. Jarayon davomida akkumulyator smartfonga juda qattiq mahkamlangani va uni smartfonga yoki akkumulyatorning o’ziga zarar yetkazmasdan chiqarib olishning iloji yo’qligi ma’lum bo’ldi.

“Bu umuman kechirib bo’lmas. Agar sizda ikkita telefondan birini tanlash imkoniyati mavjud bo’lsa, unda ishlab chiqaruvchi batareyani yelimlab tashlashni bas qilmagunicha LG G8'ni sotib olmasligingiz kerak. Batareya umrboqiy emas. Kimdir uni almashtirishga majbur bo’ladi. Ushbu kun kelganda esa akkumulyatorni almashtirish bugun bo’lganidek qiyin bo’lmasligi kerak”, - deb aytgan bloger o’z videosida.

O’QING: Redmi Note 7 chindan ham «yong‘oqchaqar»mi? JerryRigEverything «jonli» videotestini tomosha qilamiz!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!