Usmonov onlayn karikaturalar tanlovining ilk g‘oliblarini e’lon qildi

Usmonov onlayn karikaturalar tanlovining ilk g‘oliblarini e’lon qildi

29 may kuni milliarder Alisher Usmonov siyosatchi Aleksey Navalniyga qilgan murojaati asosida yaratilgan stiker, parodiya yoki karikatura tayyorlagan eng faol ishtirokchilarga har hafta iPhone 7 Plus, futbolka yoki avtograf sovg‘a qilishini ma’lum qilgan edi.

Oradan bir hafta o‘tib, rossiyalik tadbirkor tanlovning ilk g‘oliblarini e’lon qildi.

Jumladan, 3 nafar mem shaxsan Usmonov tomonidan tanlangan. Ularning orasida taniqli dizayner Yegor Jgunning ishi ham bo‘lib, dizayner «Kung-fu panda» multfilmi asosida poster yaratgan va tanlovga qadar tviter tarmog‘ida e’lon qilgan.

Tanlov g‘oliblarini shaxsan Alisher Usmonovning o‘zi «VKontakte»dagi sahifasida e’lon qilgan.

“Xayrli kun, do‘stlar!

“Tanlov ijodkorlar orasida aks-sado berdi. Hozirgacha sizning tomoningizdan 10 mingdan ziyod tasvirlar yuborildi va bu raqam oshib bormoqda. Quvonch bilan aytish mumkinki, mamlakatimizda iqtidorli ijodkorlar soni shu qadar ko‘pki, suratlar, sahnalar, grafit, stiker, videorolik, she’rlar, rasmlar, hattoki o‘yinlar bundan darak berib turibdi! …”

Milliarderning qarori asosida quyidagi 3 ta ijodiy ish egalari ayfon flagmani bilan taqdirlandilar.

Alisher Usmonov tanlov «VKontakte» ijtimoiy tarmog‘idagi guruhda davom etishini ma’lum qilgan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.