Usti yaltiroq - ichi qaltiroq?

Usti yaltiroq - ichi qaltiroq?

Londonlik Nothing bir necha haftadan keyin o'zining yangi phone (1) smartfonini taqdim qilishga tayyorlanmoqda. Kompaniya telefonning tashqi ko'rinishi va boshqa smartfonlarda topilmaydigan noyob qobilyatlarini allaqachon ommaga ko'rsatdi, lekin qurilmaning ichki xususiyatlari haqidagi ma'lumotlar sir bo'lib kelayotgan edi. Biroq, Nothing rahbari Karl Pey aytganidek, bugungi kunda ma'lumotlar tarqalishining oldini olish qiyin.

Mish-mishlarga ko'ra, Nothing Phone 1 telefoni 120Hz yangilanish tezligiga ega OLED displeyga ega bo'ladi. Uning ekrani chap yuqori burchagida joylashgan selfi kamerasi 16MP, orqasining chap yuqori burchagiga vertikal o'rnatilgan ikkilik kamerasining esa asosiysi 50MP, qo'shimchasi 16MP bo'lishi mumkin. Kapot ostida qurilma Snapdragon 778G+ chipseti va 12GB RAM bilan ta'minlanishi kutilmoqda. Uning 4,500 mAh bo'lishi aytilayotgan baterayasi 45W tezlikda zaryadlanishi tahmin qilinmoqda. Smartfon kompaniyaning o'zi Android'ga, katta ehtimol bilan Android 12 versiyasiga asoslanib yaratgan Nothing OS qobig'ida ishlaydi.

Nothing o'zining ilk smartfonini kelayotgan iyul oyining 12-sanasida taqdim qiladi.

O'QING: Huawei Nova 10 Pro jonli suratlarda

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!