O‘ta innovatsion Meizu PRO 5 ilg‘or smartfoni arzon narxda sotuvga chiqdi

O‘ta innovatsion Meizu PRO 5 ilg‘or smartfoni arzon narxda sotuvga chiqdi

Fevral oyida Xitoyning Meizu hamda Buyuk Britaniyaning Canonical Ltd kompaniyasining loyihasi bo‘lgan Ubuntu hamkorlikda ishlab chiqargan Meizu PRO 5 smartfonini taqdim qilishgan edi. Nihoyat 26 aprel kuni mazkur ilg‘or smartfon ilk marotaba bozorga chiqarildi.

Ayni paytda Yevropa bozorlarida Meizu PRO 5 smartfoni $369.99 dollardan sotilmoqda. Kutilganidan ancha arzon smartfonning tez orada ommalashuvi kutilmoqda.

Ushbu gadjetning yanada takomillashtirilgan talqini bo‘lgan 5,2 dyuymli 3D Press Full HD-displeyli Pro 6 smartfoni ham Meizu kompaniyasi tomonidan namoyish qilingan edi.

Meizu PRO 5’ning Ubuntu Edition talqinida 5.7 dyuymli Super AMOLED texnologiyasidagi displey, Full HD (1920 x 1080 piksel sig‘imli, har dyuymda 387 belgi) ega sensorli ekran, 21 MP bosh kamera, 5 MP selfi kamera mavjud.

Samsung’ning 64-bit, 8 yadroli 2.1 chastotada ishlaydigan Exynos 7420 protsessori, 8 yadroli Mali-T760 grafik-tasvir protsessori, 14nm-texnologiyali FinFET 3D grafigi hamda tezkor va samarali LPDDR4 operativ xotirasi, yuqori tezlikdagi UFS 2.0 flesh-xotirasi mobil qurilmagan sermahsul ishlashiga yordam beradi.

 

Shuningdek, gadjet 3 GB tezkor xotira va 32 GB doimiy xotira, 128 GB.gacha xotirani qo‘llab-quvvatlaydigan microSD bo‘lmachasi, 2 SIM karta bo‘lmachasiga ega. Smartfon 4G aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydi. Uning akkumulyator sig‘imi 3,050 mA soat.

Meizu Pro 5’da asosiy e’tibor ovoz uzatish va yozish sifatiga qaratilgan. Smartfon 123dB dinamik diapozoniga ega ESS ES9018K2M audioprotsessori, OPA 1612 ovoz kuchaytirgichi, keramik kondensatorlar bilan ta’minlangan. Natijada unda Hi-Fi 2.0 ovoz uzatish standartining yuqori darajadagi audiogarnitura sifatiga guvoh bo‘lish mumkin.

Smartfondagi mTouch 2.1 sensorli-mexanik klaviatura, barmoq izlari skaneri, universal USB Type-C konnektori yana bir muhim o‘ziga xos jihatlaridir.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!