Uyali aloqa operatori 4 martgacha 90% chegirma beryapti!

  •   DiMaX
  •  3741
  •  04.02.2021 12:18

Uyali aloqa operatori 4 martgacha 90% chegirma beryapti!

«O‘zbektelekom» aksionerlik jamiyatining Uzmobile uyali aloqa operatori joriy etgan «YaNGI YIL OLDI ChEGIRMALARI»ning muddati 28 fevralgacha uzaytirilgan edi. Endi esa Uztelecom o‘zining rasmiy saytida navbatdagi aksiyani e’lon qildi.

O‘QING: Bu operator xizmatlariga endi ID-karta yordamida ham ulana olasiz!

Xabarga ko‘ra, 2021 yilning 3 fevralidan 4 martiga qadar aksiya doirasida pullik toifadagi raqamni qayta rasmiylashtirishda raqam narxidan atigi 10 foizini to‘lash mumkin.

UZTELECOM «Shartnomani qayta rasmiylashtirish» xizmati yordamida qulay shartlarda mobil aloqa abonenti bo‘lishni taklif qiladi. Endi, aksiya doirasida Siz chiroyli raqamingizni do‘stlaringizga yoki yaqinlaringizga «tuhfa qilmoqchi» bo‘lsangiz, uni yangi foydalanuvchi nomiga imtiyozli shartlarda, ya’ni 90% chegirmali narxlarda qayta ro‘yxatdan o‘tkazishingiz mumkin bo‘ladi.

Aksiya GSM va CDMA-450 standartlaridagi mobil aloqa abonentlari (jismoniy va yuridik shaxslar) uchun amal qiladi. Aksiyada pullik toifadagi raqam uchun to‘liq to‘lovni amalga oshirgan foydalanuvchilar ishtirok etishlari mumkin. «Shartnomani qayta rasmiylashtirish» xizmati narxi – 8 400 so‘m.

O‘QING: «O‘zbektelekom»dan ikkita xushxabar: eng foydali mobil tarifga ulanish va Wi-Fi router bepul!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.