Uyali aloqa operatori 80 foizlik chegirmalar e’lon qildi!

  •   DiMaX
  •  1516
  •  18.05.2021 16:01

Uyali aloqa operatori 80 foizlik chegirmalar e’lon qildi!

Yaqinda Beeline mobil aloqa operatori uydan chiqmasdan VISA kartasini ochish imkonini taqdim etgan edi. endi bo‘lsa u «oltin» raqamlar uchun maxsus taklif – naq sakson foizlik chegirma boshlanganini ma’lum qildi.

O‘QING: «Juma Muborak»: operatordan har hafta yangi bonus, aksiya va noyob chegirmalar!

Mazkur taklif faqat yangi abonentlar uchun amal qiladi. Uning doirasida «ZO'R 2» yoki «ZO'R 6» tarif rejasiga ulanishda, nominal qiymati 84 200 so‘m bo‘lgan chiroyli raqamga 80% chegirma beriladi.

Shuningdek, «ZO'R 10» yoxud «ZO'R 15» tariflari uchun nominal qiymati 210 500 so‘m bo‘lgan chiroyli raqamlarga ham 80% chegirma e’lon qilingan.

O‘zingiz va yaqinlaringizni xursand qilishga shoshiling, deyiladi operator xabarida.

O‘QING: «OSON 10» tarifi chiqdi – MB, daqiqa va SMS’lar atigi 10 so‘mdan!